IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
96
Tabiatdan oqilona foydalanish va ularning ayrim turlarini saqlash yo‘llarini
ko‘rsatadi.
6. Tabiiy resurslardan foydalanish turlarining o‘zaro aloqadorligiga qarab
quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
- bir maqsad yo‘lida ishlatiladigan tabiiy resurslar;
- ko‘p maqsadli tabiiy resurslar. Bularga: suv va yer resurslari kiradi.
7. Tabiiy resurslarning boshqa guruhlarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin.
Bunga xo‘jalikdagi ahamiyati va zahiralarining katta kichikligiga qarab tabiiy
resurslarning quyidagi shartli guruhlari kiradi:
o‘ta yirik (davlat ahamiyatiga ega);
yirik (tumanlararo va mintaqaviy ahamiyatga ega);
uncha katta bo‘lmagan (mahalliy ahamiyatga ega).
Yuqoridagilar bilan birgalikda tabiiy resurslarning tabiiy xususiyatlarini va
xo‘jalikdagi ahamiyatini hisobga olgan xususiy klassifikatsiyalari ham ishlab
chiqilgan. Ularga misol sifatida meliorativ klassifikatsiyani, daryolarning oqimini
tartiblash darajasiga ko‘ra guruhlari va boshqa klassifikatsiyalarni keltirish
mumkin.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida tabiiy xom-ashyolar bilan savdo
qilish harakterini tavsiflovchi klassifikatsiyalardan ham foydalaniladi. Bular
orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan resurslar. Bular bilan savdo
aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi mamlakatning mudofaa qudratini susayishiga olib
keladi (uran rudalari va boshqa radiaktiv rudalar);
eksport ahamiyatiga ega va valyuta tushumlarini ta‘minlaydigan
resurslar (neft, olmos, oltin va boshq.).
ichki bozor resurslari. Ular keng tarqalganligi bilan tavsiflanadi
(masalan, mineral qurilish xomashyolari).
Do'stlaringiz bilan baham: |