IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
100
kabi omillariga qarab joylashtirishdir. Bundan kelib chiqadiki, HMTga turli
omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Ular:
•
Tabiiy sharoit va qazilma boyliklar;
•
Aholi va mehnat resurslari;
•
Transport;
•
Ijtimoiy infrastruktura;
•
Ekologik vaziyat;
•
Iqtisodiy geografik o‘rin;
•
Bozor manfaatlari va h.k.
Ayni vaqtda, ana shu va shunga o‘xshash omillar ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirishda ham hisobga olinadi. Binobarin, bu masala keyinroq muffasal
o‘rganiladi. Bu yerda faqat bir omilga to‘xtab o‘tish joiz. Gap shundaki, avvallari,
ya‘ni «Sotsialistik rejalashtirish» davrida eng asosiy omil o‘ta markazlashgan
davlat, ya‘ni Butunittifoq manfaatlari» edi; qolgan sharoitlarning qulaylik yoki
noqulayliklaridan qat‘iy nazar, agar davlat, Ittifoq uchun qaysi bir mahsulot zarur
bo‘lsa, u albatta yetishtirilishi shart edi. Masalan, O‘zbekistonda paxtadan tashqari
boshqa qishloq xo‘jalik tarmoari (bog‘dorchilik, uzumchilik, polizchilikni ham
rivojlantirish mumkin edi, ammo Ittifoq, markaz sanoati uchun paxta kerakligi
tufayli bu yerda xo‘jalikning tor sohasi, xomashyoga yo‘naltirilgan tizimi
shakllandi.
Hozirgi bozor munosabatlari davrida vaziyat butunlay o‘zgardi; endigi
sharoitda yetakchi omil bozorning o‘zi, talab bo‘lib qoldi. qolgan omillarning
ta‘siri esa bunga nisbatan sustroq. Chunki, nimaga ixtisoslashuv, nima
yetishtirishni davlat emas, bozor belgilaydi, davlat esa, ilgari aytganimizdek, bu
jarayonni u yoki bu vositalar yordamida tartibga solib boradi,
HMT uchun yetishtirilgan mahsulot mahalliy ehtiyojni qondirgan holda
albatta bozorga, almashuvga chiqarilishi kerak. Bundan ayon bo‘ladiki, mazkur
Do'stlaringiz bilan baham: |