IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
110
Bundan tashqari, yirik korxonalarda hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatlari kengroq, qolaversa, mamlakat
milliy iqtisodiyotini, qudratini behisob mayda korxonalar emas, balki zamonaviy
yirik korxona va korporatsiyalar belgilaydi.
Ma‘ruzamizning yakunida yana bir holatni ta‘kidlashimiz joiz. Bu ham
bo‘lsa, o‘tish davrida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va
rivojlanshtirishdagi hududiy tafovutlarni saqlab qolinishi va xatto kuchayishidir.
Chunki, raqobat faqat mulk egalari, xo‘jalik tarmoqlari o‘rtasidagana emas, balki
hududlar orasida ham mavjud bo‘ladi (ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishida).
Shuningdek, bu davrda hududlar xo‘jaliganing individuallashuvi, mustaqilligining
kuchayishi natijasida rayonlararo iqtisodiy integratsiya jarayonlari biroz
zaiflashadi. Shu bois, hududlar orasidagi xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish
mamlakatning geosiyosiy va iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlaydi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.
Hududiy mehnat taqsimoti nima?
2.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududiy mehnat taqsimoti qanday amalga
oshiriladi?
3.
Hududiy mehnat taqsimotining iqtisodiy rayonlashtirish bilan qanday
aloqasi mavjud?
4.
O‘zingaz yashayotgan viloyatning respublika mehnat taqsimotidagi
o‘rnini ta‘riflab bering.
5.
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgi va shartlari nimalardan iborat?
6.
«Bozor»ning an‘anaviy sharqona va hozirgi zamon moxiyatini tushuntirib
bering.
7.
Raqobat uchun qanday shart – sharoitlar kerak?
8.
Bozor munosabatlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishga
qanday ta‘sir ko‘rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |