«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet110/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

118 
geografik kontsepsiyaning birligi, narsa va hodisalarni mohirona yozishda undan 

o‗tadigan bo‗lmagan. Osiyo tavsifiga tegishli 5 jildini P.P.Semyonov (Semyonov-


Tyanshanskiy) rus tiliga tarjima qilgan bo‗lib, Ritter to‗g‗risida shunday iliq 
so‗zlarni aytgan: ―Umumiy yer bilimi haqidagi fanlarning o‗lmas siymosi‖.
Ritterning ikkinchi asari universitet talabalariga mo‗ljallangan ―Umumiy yer 
bilimi‖ kursi bo‗lgan. Ritterning asosiy g‗oyasi: ―Geografiya (ya‘ni umumiy yer
bilimi) jami yerni o‗rganadi‖. 


A.Gettner
(1859-1941) singari geografiya fanining sof hududiy (xorologik) 
mohiyatini uzluksiz targ‗ib etgan tadqiqotchi bo‗lmagan. Lekin u geografiya bilan
tarix fanini bir-biriga yaqinlashtirish mutlaq mumkin emas, deb Kant g‗oyasini 
yoqlab chiqadi.
Fransuz geografi 


Eliza Reklyu
(1830-1905) uchta yirik geografik asar 
yaratgan (―Yer‖, 1867-y. 6 jildli, ―Yer va el‖, 1876-1895-y. 19 jildli, ―Inson va
Yer‖, 1905-1908-y. 6 jildli). U ―Inson va Yer‖ asariga epigraf tariqasida quyidagi 
go‗zal iborani keltirgan: ―Geografiya insonga nisbatan makondagi tarixdan bo‗lak
narsa emas, tarix esa o‗tmish geografiyasidir‖. Reklyu ―geografik muhit‖ 
tushunchasini ko‗p ishlatgan.
Ruslarning dunyo aylanasi bo‗ylab qilgan sayohatini I.F.Kruzenshtern va 
Y.F.Lisyanskiy ekspeditsiyasi (1803-1806-y.) boshlab berdi. Rus dengizchi
sayyohlaridan O.E.Kotsebu, F.P.Litke, O.S.Makarov, N.N.Mikluxo-Maklay, 
I.M.Simyonov va boshqalar okean va undagi orollarni o‗rgangan. 1845-yilda
birinchi bor Rus geografiya jamiyati ta‘sis etildi. Geografiya jamiyatining ―Oltin 
davri‖ XIX asrning oxirgi choragiga to‗g‗ri keladi. Bu davrda N.M.Prjevalskiy,
G.N.Potanin, M.V.Pevtsov va boshqalar Markaziy Osiyoni tekshirdilar. 
Nazariyotchi geograflardan iqlimshunos A.I.Voyekov, geodezist A.A.Tillo, muz
davrining tadqiqotchisi P.A.Kropotkin, biogeograf N.A.Seversev, geologlardan 
I.M.Mushketov va V.A.Obruchevlarni alohida tilga olish joiz.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling