IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
118
geografik kontsepsiyaning birligi, narsa va hodisalarni mohirona yozishda undan
o‗tadigan bo‗lmagan. Osiyo tavsifiga tegishli 5 jildini P.P.Semyonov (Semyonov-
Tyanshanskiy) rus tiliga tarjima qilgan bo‗lib, Ritter to‗g‗risida shunday iliq
so‗zlarni aytgan: ―Umumiy yer bilimi haqidagi fanlarning o‗lmas siymosi‖.
Ritterning ikkinchi asari universitet talabalariga mo‗ljallangan ―Umumiy yer
bilimi‖ kursi bo‗lgan. Ritterning asosiy g‗oyasi: ―Geografiya (ya‘ni umumiy yer
bilimi) jami yerni o‗rganadi‖.
A.Gettner
(1859-1941) singari geografiya fanining sof hududiy (xorologik)
mohiyatini uzluksiz targ‗ib etgan tadqiqotchi bo‗lmagan. Lekin u geografiya bilan
tarix fanini bir-biriga yaqinlashtirish mutlaq mumkin emas, deb Kant g‗oyasini
yoqlab chiqadi.
Fransuz geografi
Eliza Reklyu
(1830-1905) uchta yirik geografik asar
yaratgan (―Yer‖, 1867-y. 6 jildli, ―Yer va el‖, 1876-1895-y. 19 jildli, ―Inson va
Yer‖, 1905-1908-y. 6 jildli). U ―Inson va Yer‖ asariga epigraf tariqasida quyidagi
go‗zal iborani keltirgan: ―Geografiya insonga nisbatan makondagi tarixdan bo‗lak
narsa emas, tarix esa o‗tmish geografiyasidir‖. Reklyu ―geografik muhit‖
tushunchasini ko‗p ishlatgan.
Ruslarning dunyo aylanasi bo‗ylab qilgan sayohatini I.F.Kruzenshtern va
Y.F.Lisyanskiy ekspeditsiyasi (1803-1806-y.) boshlab berdi. Rus dengizchi
sayyohlaridan O.E.Kotsebu, F.P.Litke, O.S.Makarov, N.N.Mikluxo-Maklay,
I.M.Simyonov va boshqalar okean va undagi orollarni o‗rgangan. 1845-yilda
birinchi bor Rus geografiya jamiyati ta‘sis etildi. Geografiya jamiyatining ―Oltin
davri‖ XIX asrning oxirgi choragiga to‗g‗ri keladi. Bu davrda N.M.Prjevalskiy,
G.N.Potanin, M.V.Pevtsov va boshqalar Markaziy Osiyoni tekshirdilar.
Nazariyotchi geograflardan iqlimshunos A.I.Voyekov, geodezist A.A.Tillo, muz
davrining tadqiqotchisi P.A.Kropotkin, biogeograf N.A.Seversev, geologlardan
I.M.Mushketov va V.A.Obruchevlarni alohida tilga olish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |