IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
121
xarakterlanadi. Bu jarayon, ayniqsa, AQSh uchun xos bo‗lib, XIX asrning 60-
yillari oxiridan iqtisodiy yuksalish pallasiga kirdi. 1913-yilda AQShning jahon
sanoat ishlab chiqarishidagi hissasi 36,0 foizni tashkil qildi. Bu Angliya, Fransiya,
Germaniyaning birgalikdagi ko‗rsatkichidan ham ko‗proq edi. Nyu-York nafaqat
jahondagi eng yirik shahar bo‗libgina qolmasdan, London va Parij shaharlarining
bir qator funksiyalarini o‗ziga oldi yoki I.A.Vitver fikricha, jahon xo‗jaligi
―Yevromarkazdan‖, ―ikki markazli‖likka aylandi.
Yevropada Germaniya (1871-yilgi birlashuvdan so‗ng) iqtisodiy taraqqiyot
yo‗liga kirib, Angliyadan o‗tib ketdi. Fransiya va G‗arbiy Yevropadagi boshqa bir
qator mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyot nisbatan sekinroq ekanligi bilan
tavsiflansa, Sharqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy taraqqiyot ancha
bo‗sh edi.
Osiyo (Yaponiyadan tashqari), Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
iqtisodiy jihatdan qoloq, agrar xomashyo mamlakatlari bo‗lib qolaverdi. Xuddi
shunday holat Rossiyaning mustamlakasi hisoblangan Turkiston o‗lkasi uchun ham
xos bo‗lib, u tipik agrar xomashyo hududi edi.
―Buyuk davlatlar‖ning iqtisodiy va harbiy salohiyati hamda ―Yevropadagi
imtiyozli mayda millat‖lar (Shvetsiya, Belgiya, Gollandiya) dunyoni o‗zlarining
ta‘sir darajalariga kiritish va bo‗lib olish uchun kurashdilar. Dastlab, Afrika va
Okeaniya to‗la bo‗lib olindi. Germaniya, Belgiya, Italiya, AQSh, Yaponiyadan
iborat mustamlakachi davlatlar yuzaga keldi. Fransiya mustamlakalari ko‘paydi.
Buyuk Britaniya o‗zining mustamlakalarini kengaytirib, hududini 33,0 mln.km
2
ga
yetkazdi.
Bo‗lib olingan dunyoni qayta bo‗lib olish uchun bo‗lgan kurash I Jahon
urushiga (1914-1918) olib keldi. Mustamlaka qaramligining shakllari o‗zgardi.
Buyuk Britaniya tarkibidagi beshta mustamlaka dominion maqomiga ega bo‗ldi.
Xitoy, Eron, Turkiya amalda yarim mustamlaka hududlar bo‗lib qoldi. XIX asr
Do'stlaringiz bilan baham: |