«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet121/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

130 
suv ostida qolib ketadi (ehtimol, bu yerda qimmatbaho qazilma boyliklar bordir) va 

to‗g‗on qurish katta mablag‗ talab qiladi.


Issiqlik elektr stansiyalari (IES) ikki turda bo‗ladi: IEM va IES. Ularning bir-
biridan farqi qaysi maqsadda qurilganligidadir: foydalaniladigan yoqilg‗isi esa bir
xil bo‗lishi mumkin. Masalan, IEM – issiqlik elektr markazi, odatda, ham elektr 
quvvati, ham bug‗ (par) talab qiluvchi sanoat korxonalari – to‗qimachilik, neftni
qayta ishlash va h.k. yonida yoki yaqinida quriladi. Chunki bug‗ni 15-18 km 
masofadan uzoqqa jo‗natib bo‗lmaydi. Demak, bu stansiyani markazlashgan holda
joylashtirishda, ishlab chiqarish iste‘moli asosiy ahamiyatga ega. 
Ammo, IEMlarning bevosita shahar ichida qurilishi tufayli ular atrof-muhitni
ifloslantiradi. Shu sababdan, ekologik jihatdan bunday stansiyalarning aholi zich 
joylarda qurilishi ma‘qul emas. Oddiy IESlar esa, asosan, elektr energiyasini beradi
va, shu bois, ular yirikroq va shahardan biroz uzoqroq masofada joylashtiriladi. 
Atom elektrostansiyalari, ko‗pincha, boshqa turdagi stansiyalarni qurish
imkoniyati yo‗q hududlarda joylashtiriladi. Buning uchun, albatta, ekologik 
xavfsizlik ta‘minlanishi kerak. Shuningdek, AESlarning barpo etilishida ilmiy-
texnika omili ham hisobga olinadi. 
Qora metallurgiya korxonalarini, ayniqsa, cho‗yan eritish zavodlarini (domna
pechida eritiladi) joylashtirishda, eng avvalo, yoqilg‗i va xomashyo katta 
ahamiyatga ega. Bir tonna cho‗yan olish uchun taxminan ikki tonna temir rudasi,
1,2 tonna yoqilg‗i-kokslanuvchi ko‗mir lozim. Rudada temirning (Fe) miqdoriga, 
boy yoki boy emasligiga qarab zavod uch ko‗rinishda joylashtiriladi: yoqilg‗i
yaqinida (temir ruda koni ―boy‖), xomashyo yaqinida (rudada Fe miqdori yuqori 
emas) va ikkalasining o‗rtasida (yoqilg‗i va xomashyo uchun transport xarajati
deyarli bir xil). Uchinchi variantda suv hamda iste‘mol omillari ham e‘tiborga 
olinadi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling