«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
133 esa, asosan, uch variantda joylashtiriladi: xomashyo rayonida, yog‗och oqizuvchi daryolarning temir yo‗llar bilan kesishgan nuqtasida hamda daryolarning quyilish qismida. Ko‗rinib turibdiki, bu yerda transport va geografik o‗rin omillari katta ahamiyatga ega. Qurilish sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan ―oldinda‖ borishi kerak, zero usiz yangi yerlar o‗zlashtirilmaydi, korxona va tashkilotlar bunyod etilmaydi, g‗isht, sement, cherepitsa, shifrni ishlab chiqarish ko‗p jihatdan xomashyoga bog‗liq. Shu sababdan bo‗lsa kerak, Rossiyaning asosiy sement sanoati markazlari Volsk, Iskitim, Novorossiysk hisoblanadi. Sababi, ular ilmiy ishlab chiqarish uchun xomashyo – mergeli, ohaktosh ko‗p miqdorda mavjud. O‗zbekistonda ham sement ishlab chiqarish xomashyo omilini e‘tiborga olgan tarzda amalga oshirilgan (Bekobod, Angren, Quvasoy, Ohangaron). Bundan tashqari, sement ishlab chiqarish qora va rangli metallurgiya markazlarida ham tashkil qilinadi. Buning uchun domna pechlarining chiqindisi – shlak, alyuminiy sanoatiga tegishli glinozyom zavodlari chiqindilari ishlatiladi. Temir-beton mahsulotlari va qurilmalarini joylashtirish iste‘mol omili orqali tashkil qilinadi. Shu bois, ularning geografiyasi keng bo‗lib, bunday korxonalar barcha yirik shaharlarda mavjud. Yengil sanoatni hududiy tashkil qilishda xomashyo, ishchi kuchi va iste‘mol omillari yetakchi rol o‗ynaydi. Masalan, paxta tozalash va pillachilik zavodlari, jun yoki terini yuvish kabilar bevosita xomashyo rayonlarida joylashtiriladi. Sababi, ulardan olinadigan mahsulot birligiga juda ko‗p xomashyo sarflanadi. To‗qimachilik, poyafzal, tikuv, trikotaj fabrikalari, gilam ishlab chiqarish mehnattalab bo‗lgani uchun ular katta va kichik shaharlar, rayon markazlarida quriladi. Shu bilan birga, to‗qimachilik korxonalari og‗ir sanoat markazlarida ayollar ishchi kuchidan foydalanish maqsadida ham joylashtiriladi. Mazkur sanoatning ko‗p mehnat resursini talab qilishi, ayni paytda, uning iste‘mol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling