«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet127/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

136 
Hududiy majmualar sanoatni rayonlashtirish tizimi bilan ham bevosita 

bog‗liq. Jumladan, yirik sanoat markazlari, sanoat tugun va rayonlari, albatta,


hududiy majmua shakliga ega. Bulardan eng mukammali sanoat tuguni yoki 
aglomeratsiyasi hisoblanadi. O‗zbekistonda Toshkent, Farg‗ona-Marg‗ilon,
Samarqand, Buxoro-Kogon kabi sanoat tugunlari, Angren-Olmaliq, Sho‗rtan-
Muborakka o‗xshash sanoat rayonlari shakllangan. Ular, ayni vaqtda, hududiy
majmualar shaklida tashkil etilgan. 
Odatda, ―
qishloq xo„jaligi
‖ deganda uning asosiy tarmoqlari – dehqonchilik 
va chorvachilik tushuniladi. Bunday qarash an‘anaviy bo‗lib qolgan va u tarmoq
nuqtai nazaridan to‗g‗ridir. Ammo hududiy jihatdan qaraganda, qishloq xo‗jaligi 
shahar, mintaqa, milliy va dunyo xalq xo‗jaligiga o‗xshash alohida bo‗g‗in,
taksonomik birlik sifatida ham namoyon bo‗ladi. Bunda qishloqda qanday xo‗jalik 
tarmoqlarining mavjudligi nazarda tutiladi.
Chindan ham hozirgi vaqtda qishloq joylarda nafaqat dehqonchilik va 
chorvachilik (agrar sohalar), balki turli boshqa tarmoqlar, masalan, sanoat
korxonalari, transport, dam olish maskanlari, sanatoriya va kurort, aholiga xizmat 
ko‗rsatish sohalari mavjud. Shu bois, ―qishloq xo‗jaligi‖ tushun-chasining bunday
ikki ma‘noga ega ekanligini (birinchisida – tarmoq, ikkinchisida – joyning 
funksiyasi) unutmaslik lozim.
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyotning qadimiy sohasidir. Dastlabki ijtimoiy 
mehnat taqsimoti ham avval chorvachilik, so‗ngra dehqonchilikning paydo bo‗lishi
bilan bog‗liq. Dehqonchilik va xususan, sug‗orma dehqonchilik jamiyat 
taraqqiyotida alohida, inqilobiy ahamiyatga ega bo‗lgan. Sababi – aynan sug‗orma
dehqonchilik jamoa, uning asosida doimiy aholi manzilgohlarining vujudga 
kelishida, ilm-u fan taraqqiyotida muhim rol o‗ynagan. Keyinchalik dehqonchilik
hunarmandchilik va savdo-sotiqni, ular esa, o‗z navbatida, manufaktura va yirik 
mashina industriyasini rivojlantirishga olib kelgan.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling