«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
144 tutadi. Xususan, joyning relyefi, yer-suv zaxiralari, geoekologik vaziyati, agroiqlimiy resurslari, shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayonlari, transport infratuzilmasi, demografik vaziyati kabi geografik omillar hududlarda fermer xo‗jaliklarining ixtisoslashuvi va rivojlanishini belgilab beradi. Ayniqsa, fermer xo‗jaliklari ixtisoslashuvi va ularning o‗rtacha yer maydonlari hajmining shakllanishida aholi joylashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu borada, ular orasida muayyan darajada bog‗liqlik mavjud. Chunonchi, aholi zich joylashgan hududlarda fermer xo‗jaliklari nisbatan kichik yer maydonli va asosan ko‗p mehnat talab sabzavotchilik hamda sut chorvachiligiga ixtisoslashgan bo‗lsa, aholi siyrak joylashgan, ya‘ni mehnat resurslari kamroq hududlar esa, ko‗proq yirik yer maydoni-ga ega paxtachilik-g‗allachilik, ekstensiv chorvachilik xo‗jaliklariga ixtisoslashgan bo‗ladi. Shuningdek, fermer xo‗jaliklari rivojlanishining geografik xususiyati bir necha tarmoqning ma‘lum bir hududda bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlanishidir. Bu esa, o‗sha joyda qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan birgalikda fermer xo‗jaliklari tarmoqlarining birikmasini, majmuasini shakllantirish imkonini beradi va ularning samaradorligini oshiradi. Transport sanoat va qishloq xo‗jaligi bilan birga ishlab chiqarish va uni hududiy tashkil qilishning asosi real iqtisodiyotning negizi hisoblanadi. U xo‗jalik tizimining ―qon tomiri‖, harakatlantiruvchi kuchi sifatida mamlakat va rayonlar iqtisodiy aloqalarini amalga oshiradi, ularning geoiqtisodiy yaxlitligini ta‘minlaydi. Transportsiz iqtisodiy geografiyaning fundamental tushunchasi bo‗lgan hududiy mehnat taqsimoti, mahsulotni ishlab chiqargan rayon bilan uni iste‘mol qiladigan joy orasida aloqa bo‗lmaydi, hududiy ishlab chiqarish majmualari ham shakllanmaydi. Umuman olganda, tizim (sistema) va majmua (kompleks)ni transport aloqalarisiz tasavvur qilish qiyin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling