«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
147 borishi markazdan uzoqlashishni, yiriklashuvi esa boshqa
yaqinlashuvdan darak beradi. Bu haqda yo‗lning sifatini o‗zgarib borishi ham o‗ziga xos belgi, ko‗rsatkich (indikator) hisoblanadi. Yo‗li yaxshi davlat boy bo‗ladi, boy davlatning yo‗li esa har doim ham yaxshi bo‗lavermaydi. Transport uzoqni yaqin qiladi, masofa va vaqtni uyg‗unlashtirib, ularni tejashga olib keladi, mayatniksimon migratsiyani kuchaytiradi. Ishlab chiqarish sohasida u mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatlashuv bilan chambarchas bog‗liq. Mamlakat va rayonlar, shaharlarning iqtisodiy geografik o‗rni, salohiyat va imkoniyatlarini amalga oshiruvchi, joyning iqtisodiy va demografik sig‗imini belgilovchi omil ham transportdir. U hududlarni bir-biri bilan bog‗laydi, mintaqa, milliy va jahon ho‗jaligini mukammal sistema tarzida shakllantiradi. Bir vaqtlar N.N.Baranskiy: ―Volga Rossiyani Osiyo mamlakatiga, Dnepr O‗rta Dengiz mamlakatiga aylantiradi‖, deb aytgan edi. Agar bizning Amudaryo va Sirdaryo ham Jahon okeaniga bevosita chiqqanda edi, ehtimol o‗lkamizning geosiyosiy mavqei, xo‗jaligi va madaniyati yanada boshqacha bo‗lar edi. Transport ayniqsa tashqi savdo bilan aloqador. Binobarin, mamlakat-ning savdo aloqalari, xalqaro iqtisodiy munosabatlar negizida transport tizimi yotadi. Xuddi shu o‗rinda milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‗lgan erkin iqtisodiy mintaqalar yoki majmualarni (EIM), texnopolislarni vujudga keltirishda transport rolini ta‘kidlash joiz. Shunday qilib, ijtimoiy va iqtisodiy hayotning biror qismi yo‗qki, u transport bilan bog‗liq bo‗lmasa. Sanoat, qishloq xo‗jaligi, aholi joylashuvi, aholiga xizmat ko‗rsatish tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi transport omiliga asoslanadi. Endi transportning o‗zini joylanishiga ta‘sir qiluvchi omillarni ko‗rib chiqaylik. Qadimda transport, xususan, dengiz va daryo transporti tabiiy sharoitga bog‗liq bo‗lgan. Hozir ham qit‘a va mamlakatlarning qirg‗oq chizig‗i, shakli tabiiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling