«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
146 Odatda, yo‗llar shaharlarga olib boradi, shaharlardan tashqariga yo‗llar panjasimon tarqaladi; shaharlar transport tugunlariga aylanadi. N.N.Baranskiyning yo‗llar va shaharlarni ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimi, rayon va mamlakatlar xo‗jaligining ―qovurg‗asi‖, o‗zagi sifatidagi ta‘rifida hech qanaqa mubolag‗a yo‗q. Chindan ham, hududning ichki tuzilishi ―rentgen nuri‖ asosida kuzatilganda, bizning ko‗z o‗ngimizda, aynan, ana shu yo‗llar va shaharlar, o‗ziga xos hududiy majmualar orqali gavdalanadi. Transportning shaharlar aglomeratsiyasi, shahar atrofi xo‗jaligida ham ahamiyati beqiyos. Amerikaliklarni hozirgi kunda shahar atrofi, shahar yaqinida yashovchi xalq, deb ta‘riflashadi. Sababi, bu yerda urbanizatsiyaning yuqori bosqichi – suburbanizatsiya tez rivojlanmoqda. Yo‗llar yangi o‗zlashtiriladigan hududlarga birinchi bo‗lib kirib keladigan infratstruktura elementidir. Yo‗llar qazilma boylik konlariga boradi, ularni ishlab chiqarish markazlari bilan ulaydi, bog‗laydi; sanoat parklarini shakllantiradi. Xullas, transportsiz hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim yoki majmua vujudga kelmaydi. Transport to‗rining joylanishi, zichligi va shakli hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasining muhim ko‗rsatkichidir. Masalan, radial – aylana, to‗rsimon shakl, odatda, rivojlangan rayonlarda kuzatiladi. Agar hududning faqat chekka qismlari transport bilan ta‘minlangan bo‗lsa, demak, bilingki, hududning ichki qismini tabiiy sharoiti o‗zlashtirish uchun noqulay (Sibir, Uzoq Sharq, Qozog‗iston, Turkmaniston va h.k.). Ko‗pincha yo‗lning, transport turlarining joylanishiga qarab hududning xo‗jalik tarkibi, mujassamlashuvi va ixtisoslashuvini aniqlash mumkin. Ba‘zan temir va avtomobil yo‗llar, quvur transporti, elektr uzatuvchi tarmoq va kanallar bir-biriga parallel holda joylashadi, ikki yirik markaz orasida serqatnov ―koridor‖, yo‗l va yo‗laklar vujudga keladi. Yo‗l bo‗yidagi aholi manzilgohlarining kichrayib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling