«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet136/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

145 
Transportga turli ma‘noda qarash mumkin. Masalan, u xo‗jalikning alohida 

tarmog‗i, ishlab chiqarishning hududiy tarkibiga kiruvchi to‗rt elementdan biri.


Shu ma‘noda transport nafaqat vosita, balki muhim makroiqtisodiyot tarmog‗i 
hisoblanadi. Ayni vaqtda, transport ishlab chiqarish infratuzilmasining asosi
hamdir. Bu ma‘noda transport ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va hududiy 
tashkil qilishning omili ekanligi ko‗rinib turibdi. Demak, transportni tarmoq hamda
vosita – omil ko‗rinishida o‗rganish mumkin. 
Ta‘kidlash lozimki, ayrim hollarda transportning ana shu ikki funksiyasi
chalkashtirilib yuboriladi, uning makroiqtisodiyot tarmog‗i va infrastruktura 
vazifasini bajarishi orasidagi farq sezilmay qoladi. Vaholanki, ikkinchisi birinchisi
uchun xizmat qiladi, sharoit yaratadi. 
Transportning ishlab chiqarishni joylashtirishdagi ahamiyatini oldingi
mavzularda ko‗rgan edik. Bu omilga birinchi bo‗lib nemis olimi A.Veber o‗zining 
―sanoat shtandorti‖da katta o‗rin bergani ham bizga ma‘lum. Darhaqiqat, ishlab
chiqarishni joylashtirishda ―qulay‖ yoki ―noqulay‖ degan tushunchalarning o‗zi 
aksariyat hollarda transport omili orqali ifodalanadi; qulaylik – arzon demakdir,
arzon esa transport jihatidan qulaylikni, yo‗l sarf-chiqimining kamligini anglatadi. 
To‗g‗ri, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda xomashyo va yoqilg‗i
sarfining kamayishi, temir yo‗llarning elektrlashuvi, turli xil quvur transporti
yuqori quvvatli elektr uzatish tarmoqlari, dengiz transportini konteynerlashtirish va
hokazolar transportning ishlab chiqarishni joylashtirishdagi rolini biroz bo‗lsada 
susaytiradi. Ammo, shunga qaramasdan, transport mahsulot qiymatining
shakllanishida, tannarxida hissasi katta. Xususan, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
talabning individuallashuvi, mahsulot turlarining ko‗payishi va ularni o‗z vaqtida
yetkazib berish (jast in tame) transport ahamiyatini yanada oshiradi.
Transport bilan aholi joylashuvi, shaharlar rivojlanishi o‗rtasida katta
aloqadorlik mavjud; biri ikkinchisini taqozo qiladi, biri ikkinchisisiz bo‗lmaydi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling