«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet144/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

153 
farovonligi qo‗llab-quvvatlanib turiladi. Turizm jahon xo‗jaligining uch yetakchi 

eksport sohalari qatoriga kirib, u faqatgina neft qazib olish va avtomobilsozlik


sanoatlaridan keyingi o‗rinni egallaydi.
Hozirgi paytda turizm sohasi ulushiga butun jahon eksportining 8% ga yaqini,
jahon xizmatlar savdosining 30 foizi, jahon yalpi mahsulotining 10,8 foizi, jahon 
kapital qo‗yilmalarining 9,4 foizi, jahon iste‘molchilik xarajatlarining 11 foizi,
butun jahon soliq tushumlarining 5 foizi to‗g‗ri keldi. Bundan tashqari, turizm 
sohasi aholining bandligiga katta ta‘sir o‗tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha,
hozirgi zamon turizmi va u bilan bog‗liq bo‗lgan sohalarda jahondagi har 
sakkizinchi xodim banddir.
Jahonning ko‗pchilik davlatlarida turizm yagona tizim sifatida rivojlanib 
bormoqda. Turizm mamlakat va uning xalqaro tarixi, diniy, ma‘naviy, madaniy
hamda urf-odatlari bilan tanishish imkoniyatlarini yaratib beradi. Turizm 
mamlakatlar budjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek, u juda ko‗p
xizmatlar ko‗rsatish bilan bog‗liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam 
ko‗rsatadi. Turizm sohasi nafaqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng
dinamik holda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. U tez sur‘atlarda o‗sishi bilan 
yuz yilning iqtisodiy fenomeni hodisasi sifatida tan olingan. XX asrning ikkinchi
yarmi davomida xalqaro turistlar soni salkam 28 martaga ko‗paydi, bu xizmat 
turidan tushgan tushumlar esa 237 martaga oshdi.
Butun dunyo bo‗yicha turistik xizmatlarga o‗sib borayotgan talab, eng avvalo, 
ijtimoiy-iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‗sishi va bo‗sh
vaqt ko‗payishi, haq to‗lanadigan ta‘tillar muddatining ko‗payishi, pensiya 
ta‘minotining yetarli darajasi, oila tarkibida bolalar kamayishi evaziga o‗zgarishi
va h.k), shuningdek, transport taraqqiyotidagi o‗sish, uning arzonlashishi va 
hammaning qurbi yetishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor
qilinishi, viza rejimining liberallashtirilishi kabilar. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling