«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet142/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

151 
hozirgi kunda transport, ya‘ni masofani kesib o‗tishda infrastruktura darajasiga 

xizmat qiladi; yo‗llar transportsiz ham bo‗laveradi, lekin aksincha emas.


Binobarin, yo‗llarning joylanishi transport joylanishiga hamma vaqt ham mos 
kelmaydi. Ayni chog‗da, aholi manzilgohlarining ichidagi yo‗llar ―ko‗cha‖ deb
ham ataladi. Transport to‗rining ahamiyati, eng avvalo, shundaki, u hududiy 
majmuani tashkil qiladi, mustahkamlaydi va bog‗laydi.
Iqsodiy aloqalar geografiyasi.
Jahon xo‗jaligi va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda rivojlangan va an‘anaviy shakl – bu tashqi (xalqaro) savdo
aloqalaridir. Hozirgi kunda xalqaro savdo ulushiga xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
hajmining beshdan bir (1/5) qismi to‗g‗ri keladi.
Har qanday davlat uchun tashqi savdo rolini baholash qiyin. J.Saksning 
ta‘rificha, ―Har qanday mamlakat iqtisodiyoti tashqi savdoga asoslangan holda
yuksaladi. Jahon iqtisodiyoti tizimidan uzilib qolgan birorta mamlakat hali sog‗lom 
iqtisodiyot yaratishga muvaffaq bo‗lolgani yo‗q‖.
Xalqaro savdo turli mamlakatlarda tovar ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi 
xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga kelgan aloqalar shaklidir. Ularning
o‗zaro iqtisodiy bog‗liqligini aksmilliy savdo siyosati ta‘siri ostida tarkibiy 
tuzilishlar – ixtisoslashish va sanoat ishlab chiqarishining kooperatsiyalashuvi,
milliy xo‗jalik hamkorlik harakatini kuchaytiradi. Xalqaro savdo, butun 
davlatlararo oqimining o‗rtalikdagi harakati natijasida ishlab chiqarish tez sur‘atlar
bilan o‗sadi. Tashqi savdo oboroti tadqiqotlariga ko‗ra, dunyo ishlab 
chiqarishining har 10 % o‗sishga jahon savdosi hajmining 16 % ko‗payishi to‗g‗ri
keladi. Bu bilan uning taraqqiyotiga qulay imkoniyatlar paydo bo‗ladi. Ma‘lumki, 
savdoda uzilish bo‗lsa, ishlab chiqarishning rivojlanishi ham susayadi.
―Tashqi savdo‖ deyilganda, u yoki bu mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan 
to‗lov orqali olib kelinadigan (import) va to‗lov orqali jo‗natiladigan (eksport)
tovarlar savdosi tushuniladi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling