«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet141/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

150 
ekologik muhitining ifloslanishida avtomobillar qatnovining o‗rni yuqori. 

Avtomobil va samolyot qatnovlari muhitni shovqin jihatidan ham ―ifloslantiradi‖.


Bunday holat, ayniqsa, yirik aeroport o‗rnashgan joylarda juda sezilarli. 
Shahar tashqarisidagi magistral avtomobil yo‗llar yoqasida ham bu muhit
yaxshi bo‗lmaydi. Shu bois, ba‘zi bir ma‘lumotlarga qaraganda, katta yo‗llarning 
ikki tarafidan 50 m masofada ozuqabop qishloq xo‗jalik ekinlarini ekish maqsadga
muvofiq emas. 
So‗nggi yillarda transport turlari ko‗payib va rivojlanib bormoqda, ularning
joylanishi ham o‗zgarmoqda. An‘anaviy temir va avtomobil, suv (daryo, dengiz va 
okean), havo transporti bilan bir qatorda, quvur transporti ham rivojlanib
bormoqda. U ko‗pincha neft-gaz sanoati mavjud bo‗lgan hududlardan turli iste‘mol 
rayonlariga tarqalgan. Taraqqiy etgan mamlakatlarda esa quvurlarda, hatto, qattiq
jinslar – temir rudasi, ko‗mir kabilar ham yuboriladi. 
Barcha transport turlarining ikki asosiy vazifasi bor – yuk va yo‗lovchilar
tashish. Yuk tashishda transport iqtisodiyotida tashiladigan mahsulot yoki 
xomashyoning transportabelligi, masofasi va tarkibi, qiymati hisobga olinadi. Eng
arzon, odatda, dengiz (okean) transporti hisoblanadi. Undan keyingi o‗rinda katta 
daryolardagi transport turadi. Temiryo‗l transporti ham bu borada ancha arzon
hisoblanadi. 
Transportning ham hududiy majmualari mavjud. Bunga transport tugunlari
misol bo‗la oladi (Toshkent, Qo‗qon, Kogon, Navoiy, Termiz va b.). Yirik 
transport markaz va tugunlarda o‗ziga xos obyektlar (ta‘mirlash zavodlari,
omborxonalar, bevosita transport bilan bog‗liq qurilish materiallari va boshqa 
sanoat korxonalari) joylashadi. Shu jihatdan yirik port, aeroport, temir yo‗l
vokzallari ham o‗ziga xos hududiy majmualar hisoblanadi. 
Mavzu yakunida yana bir masalaga e‘tibor bermoq lozim. Bu ham bo‗lsa, yo‗l
va transport munosabatidir. Yo‗l transport vositalaridan oldin paydo bo‗lgan va u 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling