IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
149
Chunonchi, O‗zbekistonda yo‗l mustaqilligiga erishish maqsadida, Uchquduq-
Janubiy Qoraqalpog‗iston, Toshg‗uzor-Boysun-Qumqo‗rg‗on temir yo‗lari qurilib
ishga tushirildi. 2016-yilda uzunligi 125 km.li Angren-Pop temir yo‗li ishga
tushirildi. Parij-Shanxay yoki Buyuk Ipak yo‗lini qayta tiklash uchun Angren-Pop
avtomobil
yo‗li
kengaytirilmoqda,
respublika
poytaxtidagi
yo‗llar
magistrallashtirilmoqda.
Transport to‗rining joylanishida mamlakat hududining katta-kichikligi, tashqi
qiyofasi (konfiguratsiyasi) muhim mazmunga ega. Agar mamlakat yoki rayon
o‗zidan kattaroq hududning markazida joylashgan bo‗lsa, u holda uning
markaziyligi transport aloqalarida o‗z ifodasini topadi. Jumladan, O‗zbekiston
Respublikasini olaylik: u shimoli-g‗arbdan janubi-sharqqa uzoq masofada
cho‗zilgan, Markaziy Osiyoning qoq o‗rtasida joylashgan. Demak, O‗zbekiston
qo‗shni davlatlar bilan aloqa qilishda qulay imkoniyatlarga ega. Ayni vaqtda,
hududning kesuvchanligi, o‗tuvchanligi (tranzitligi) ham uning geografik o‗rniga
bog‗liq.
Agar mamlakat dengiz yoki okean bo‗yida joylashgan bo‗lsa, unda suv va
quruqlik transportining uyg‗unlashuvi talab qilinadi: dengiz transporti tashqi
aloqalarni, daryo yoki quruqlik transporti tashqi aloqalarni ichki tizimi bilan
tutashtiradi.
O‗z navbatida, quruqlik transporti ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishda
turli xil geometrik shakllarni, majmualarni vujudga keltiradi. Masalan, O‗zbekiston
kartasida Toshkent-Jizzax-Bekobod, Samarqand-Buxoro-Qarshi uchburchagi,
Farg‗ona xalqasi yaqqol ko‗zga tashlanadi. Aynan ana shu transport majmualari
mamlakat milliy va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga
ega.
Transport turlari, xususan, avtomobil transportini joylashtirishga ekologik
omil ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. Ma‘lumki, hozirgi kunda, ayniqsa, shahar
Do'stlaringiz bilan baham: |