«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet148/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

157 

uzoq masofaga hududlararo safar ulushi ortadi (1995-y. 17,9 foizni tashkil 


etadi, 2020-yilga borib esa 24,2 foizgacha ko‗payadi). Bunday safarlarga keyingi
va tez narx tushishi tendensiyasi – kuzatiladi, ayniqsa, yuqori tezlikdagi 
aviatexnika keng tarqala boshlagach shunday bo‗ladi;

turizmda tashqi omillar ta‘siri kuchayadi: iqtisodiy vaziyat, siyosiy, sayohat


xavfsizligi darajasi; 

turizmga: kompyuter rezervatsiya tizimi, texnologik taraqqiyot, aviatashish 


takomillashuvi, elektron axborot, kommunikatsion tizim sezi-larli ta‘sir o‗tkazadi;



havo transportidan foydalanish kengayadi (qulay, to‗g‗ridan-to‗g‗ri reyslar


soni ko‗payishi natijasida). 


Erkin savdo hududi
– iqtisodiy integratsiyalarning boshlang‗ich darajasi 
bo‗lib, u mamlakatlarning soliq to‗lashda maxsus imtiyoz tartibiga amal qiladigan
alohida hududidir. Unga kiritilgan tovarlar boj va kvotalar to‗lovidan ozod etiladi 
va bojxona nazoratidan xoli bo‗ladi. Bunda har bir davlat shaxsiy savdo-iqtisodiy
siyosatini uchinchi mamlakat munosabatlariga ham o‗tkazish imkoniyatiga ega. 
Ko‗p hollarda erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qariyib
barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Bundan faqatgina qishloq xo‗jalik 
mahsulotlari mustasno xolos. Savdo hududi unga a‘zo mamlakatlardan biriga
joylashgan uncha katta bo‗lmagan davlatlararo kotibiyatda markazlashishi 
mumkin. Ammo, tegishli hujjatlarga doir rahbariyat davriy yig‗ilishlarda o‗z
taraqqiyotining asosiy parametrlariga xayrixoh bo‗lib, ularning ba‘zilari busiz ham 
o‗z savdo faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkinligi ayon bo‗ladi.
Erkin savdo hududiga, asosan, 1960-yilda tashkil etilgan Yevropa Erkin 
savdo assotsiatsiyasi (EAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya,
Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvetsiya kabi bir qator mamlakatlar bor. 
Yevropa iqtisodiy hududi (1994-y.)da esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda
Islandiya va Lixtenshteynlar mavjud. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling