«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet146/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

155 
maqomi sayohatchi uchun qator imtiyozlar yaratadi, ya‘ni sodalashtirilgan viza 

rejimi va yashash hamda transport xizmatlaridagi to‗lovlarda chegirmaga ega.


Chet elda 24 soatdan kam bo‗lmagan sayohatchi ekskursant hisoblanadi va 
bu, kategoriya, avvalo, G‗arbiy Yevropa va Sharqiy O‗rta Yer dengizi
mamlakatlarida keng tarqalgan. 
Turizm o‗zida turistik industriyaga birlashgan butun bir xizmatlar majmuasini
mujassamlashtirgan: mehmonxonalar, boshqa vaqtincha joylashish vositalari 
(motellar, kempinglar va boshqalar), umumiy ovqatlanish obyektlari, ko‗ngilochar
obyektlar va vositalar, bilimni boyitadigan obyektlar, ishga aloqador, sport va 
boshqalarga mo‗ljallangan xizmatlar. Turistik industriyaning tarkibiy qismlaridan
biri bu turistik biznes hisoblanadi.
Turistik biznesda faoliyat olib boradi:
a) turistik mahsulotlar (tur) ishlab chiqaradigan turoperatorlar – firmalar; 
b) turagentlar – mustaqil firmalar yoki turoperator bilan yozma kelishuvga
muvofiq turistik mahsulotlarni tarqatuvchi turoperatorlar agentlari.
Turistik industriya – ko‗p mablag‗ va mehnat talab qiladigan soha. BTT
bahosi bo‗yicha, 1990-y. oxirida xalqaro turizm ulushiga jahon yalpi ichki 
mahsuloti (YaIM)ning 11 foizi, tovar va xizmatlarning jahon eksportining 6 foizi
va ishchi o‗rinlarining 10 foizga yaqini to‗g‗ri kelgan. Barcha mamlakatlar bo‗ylab 
tashrif buyuruvchi har yilgi turistlar soni 900 mln kishiga yetgan. Shu bilan birga,
o‗n yilda xalqaro turizm bir yarim martaga o‗sdi va o‗sishi davom etayapti. O‗sish 
sur‘atlari bo‗yicha jahon YaIM o‗sishiga nisbatan tezroq. Bu ham XXI asr
boshidanoq xalqaro turizmni jahon iqtisodiyotining yirik sohasiga aylanishi haqida 
mulohazalar bildirishga asos bo‗la oladi. Ammo sayohat dinamikasi milliy
iqtisodiy konyunkturasiga shu jumladan, jahon xo‗jaligiga juda sezgir. 
Hozirgi zamon turizmi uchun sezilarli hududiy notekislik xarakterlidir.
Bunday qaraganda, u umumiy ko‗rinishda har xil ijtimoiy-iqtisodiy darajani aks 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling