«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet145/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

154 
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi turizm ham xalqaro, ham milliy 

tartibga solishning obyekti hisoblanadi. Hukumatlararo turizmning rivojlanishiga


javob beruvchi yetakchi tashkilot, BMT bosh assambleyasi Butunjahon turistik 
tashkiloti (World Tourist Organisation)ni tan oladi. BTT 1975-yildan buyon
xalqaro turistik tashkilot rasmiy ittifoqi merosxo‗ri sifatida faoliyat ko‗rsatib 
kelmoqda. BTT a‘zolikning quyidagi kategoriyalarini o‗z ichiga oladi:
1) haqiqiy a‘zolar (suveren davlatlar, shu jumladan, ko‗pchilik MDH 
mamlakatlari va Rossiya);
2) assotsiyalashgan a‘zolar (o‗zining tashqi siyosatiga mustaqil mas‘ul emas 
hududlar);
3) qo‗shiluvchi a‘zolar (hukumatlararo, nodavlat va notijoriy tashkilotlar va 
birlashmalar, ya‘ni sohada faoliyat ko‗rsatayotgan, turizm uchun qiziqish
bildirayotgan). 
BTT xalqaro turizmni tashkil qilish bo‗yicha bir qator deklaratsiyalar va
boshqa hujjatlar qabul qilgan, shu jumladan, turizm bo‗yicha Xartiya va turist 
xulqi Kodeksi (1985-y.), statistik ma‘lumotnomalar va prognozlar nashr qiladi,
turistik biznes uchun ma‘lumotlar axborot bankini taklif qiladi. Unda xalqaro 
turizm uchun zarur bir qator muhim tushunchalar qayd etilgan (―turizm‖, ―turist‖
singari va boshqa). 
Turizm salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi va yashash joyidan
tashqariga chiqish va faol dam olishni belgilaydi. Turizmda ―turist‖ (tashrif 
buyuruvchi) va ―ekskursant‖ tushunchalari ajratiladi. Turist deyilganda, har qanday
shaxsning doimiy istiqomat qilib turgan mamlakatidan o‗zga davlat hududida 
kamida 24 soat yashab (sog‗lomlashtirish, bilimni boyitish, kasbiy – ishga doir,
sport, diniy va boshqa maqsadlarda) qolishi tushuniladi, lekin bunda turist faoliyati 
1 yildan oshmasligi lozim. Ana shunday belgilanish orqali turizm va iqtisodiy
migiratsiya o‗rtasidagi chegara aniqlab olinadi. Xalqaro bitimlar bo‗yicha turist 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling