IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
156
ettiradi. Masalan, hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarga barcha turistik
kelishlarning 57 foizi, endi rivojlanayotgan mamlakatlarga 30 foizi, o‗tish
iqtisodiyot mamlakatlariga 13 foizi to‗g‗ri keladi. Turistik kelishlarning regional
tahlili va daromadlari tahlili chog‗ida jahonning oltita turistik makroregionlari
ajratiladi:
Yevropa
– G‗arbiy, Shimoliy, Janubiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa,
MDH, shuningdek, Sharqiy O‗rta Yer dengizi davlatlari (Isroil, Turkiya, Kipr).
Amerika
– Shimoliy, Janubiy, Markaziy Amerika mamlakatlari, Karib
havzasi hududi va orol davlatlari.
Osiyo
-
Tinch okeani
– Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiy, Avstraliya va
Okeaniya.
Afrika
– Afrika mamlakatlari, Misr va Liviyadan tashqari.
Janubiy Osiyo
– Janubiy Osiyo barcha mamlakatlari.
Yaqin Sharq
– G‗arbiy mamlakatlari va Janubi-G‗arbiy Osiy, Misr va
Liviya.
Deyarli 62 % xalqaro turistik safarlar dam olish maqsadida amalga oshiriladi,
ishga aloqador turizm 20 %, qolgan 18 foizi esa boshqa maqsadlarga: tanishlar,
qarishdoshlarnikiga tashrif, diniy sayohat (ziyorat, davolanish va h.k.)ni tashkil
qiladi.
2020-yilgacha bo‗lgan davrda xalqaro kelishlar BTT prognozlari bo‗yicha
ikki martadan ziyodroqqa ko‗payadi. (2003-yilgi 694 mln.dan 2010-yilda 1 mlrd.
gacha va 2020-yilgacha 1,56 mlrd. gacha). Bu o‗rtacha o‗sish sur‘atlaridan ozgina
ko‗p yiliga 4 % shu bilan birga, yillik o‗sish sur‘atlari Osiyo-Tinch okeani
hududida, Janubiy Osiyo, Afrika va O‗rta Sharqda 5 % oshadi. Yevropa va
Amerikada esa o‗sish ko‗rsatkichlari o‗rtachadan past (3 va 3,9 foiz) bo‗ladi.
BTT va YeI komissiyasi prognozlari asosida turistik industriyaning asosiy
rivojlanish tendensiyalari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |