«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet134/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

143 
kunda bozor, narx-navo belgilaydi, ammo bu ta‘sir qishloq xo‗jaligida ma‘lum 

vaqt o‗tgandan so‗ng o‗z kuchini ko‗rsatadi (chunki, mahsulot yetishtirish uchun


ancha vaqt talab etiladi, sanoatda esa bu jarayon nisbatan tez kechadi).
Respublikamiz sharoitida ko‗p va har doim iste‘mol qilinadigan
mahsulotlarning bozor konyunkturasida o‗ziga xos o‗zgarishlar bo‗lib turadi. 
Masalan, bir yili piyoz kam va qimmat bo‗lsa, ikkinchi yili, aksincha, kartoshka
qimmat bo‗lishi mumkin. Bozordagi vaziyatning bunday almashib turishi 
dehqonchilik ixtisoslashuvi va joylanishida tez-tez o‗zgarishlarga sabab bo‗ladi.
Xuddi shunday holat sabzi, karam, lavlagi va boshqa kundalik hayot uchun zarur 
bo‗lgan qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirishda ham kuzatiladi.
Qishloq xo‗jaligida namlik, harorat va tuproq tabiiy xo‗jalik rayonlari yoki 
majmualarining shakllanishida asosiy vazifani bajaradi. Ammo bunday
majmualarni kichik hududlarda ham kuzatish mumkin. Masalan, paxta ekin 
maydonlari, sug‗orish, kanal va ariqlar bo‗yidagi tut qatorlar paxtachilik va
pillachilikning uyg‗unlashgan holda rivojlanishiga, ya‘ni o‗ziga xos hududiy 
majmua ko‗rinishida tashkil etilishiga olib keladi. Ayniqsa, soylarning quyilish
qismida (konussimon yoyilmalarda) shakllangan, sug‗orma dehqonchilik 
rivojlangan Farg‗ona vodiysidagi hududiy majmualar diqqatga sazovordir.
Shahar va uning atrofidagi qishloq xo‗jaligi ham ―Tyunen halqalari‖ singari 
hududiy majmuadir. Shuningdek, dehqonchilikda almashlab ekish, turli xil
ekinlarni bir-biriga yaqin joyda yetishtirish (beda, paxta, poliz yoki uzum va 
mevalarni, tokchilik va bog‗dorchilikni hududiy tashkil etish), yirik chorvachilik
fermalari ham hududiy majmua shaklida bo‗ladi. 
Ma‘lumki, ko‘plab mamlakatlarning qishloq xo‗jaligi mahsuloti, asosan,
fermer xo‗jaliklari tomonidan yetishtiriladi. Ta‘kidlash joizki, fermer xo‗jaliklarini 
ixtisoslashuvini takomillashtirish va rivojlantirishda tashkiliy-huquqiy masalalar
bilan bir qatorda, joylarning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari muhim o‗rin 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling