«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet132/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

141 
mehnat sarfi haddan tashqari ko‗p, qishloq joylarda ―yashirin‖ ishsizlar ko‗p, 

aholining nisbiy va, hatto, mutlaq ortiqchaligi sezilib turibdi.


O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga va 
shu asosda ijtimoiy masalalarni hal etishga katta ahamiyat berilmoqda. Biroq
hozircha bu yerda muammolar ko‗p: qishloqlarda ish o‗rinlari kam, shaharlar esa 
ortiqcha ish kuchini ta‘minlay olmayapti. Bu ham bo‗lsa, o‗tish davrining
qiyinchiliklaridan biridir. 
Qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini joylashtirishda mexanizatsiyalash, agrotexnika,
agrokimyo, selektsiya kabi ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog‗liq yo‗nalishlarni 
rivojlantirish ahamiyatlidir. Bundan tashqari, qishloq xo‗jaligi infrastrukturasi,
sug‗orish inshootlari – suv omborlari va kanallar, yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilovchi chora-tadbirlar ham agrobiznesga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Ko‗pgina mamlakatlar qatorida O‗zbekistonda ham shahar atrofi qishloq 
xo‗jaligi rivojlanib bormoqda. Bu esa, o‗z navbatida, paxta maydonlarining
shahardan uzoqlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, paxtachilik tog‗oldi 
hududlarida, Qoraqalpog‗istonda, Sirdaryo viloyati va Qarshi cho‗lining
sho‗rlangan yerlarida qisqarib bormoqda. Qisman, bu jarayon g‗alla-bug‗doy 
maydonlarini kengaytirish asosida ham kuzatilmoqda. Demak, kelajakda
paxtachilikda jiddiy o‗zgarishlarni kutish mumkin. 
Ayni vaqtda, bog‗dorchilik va uzumchilik, ayniqsa, g‗alla yetishtirish
maydonlari kengaymoqda. Bunday o‗zgarishlar jahon miqyosida ham sodir 
bo‗lmoqda. Xususan, 60-yillarda rivojlanayotgan mamlakatlardagi ―yashil inqilob‖
g‗allachilik joylanishini sezilarli darajada o‗zgartirdi. 
Dunyo bo‗yicha chorvachilikning yem-xashak maydoni umumiy yer
maydonining taxminan 20-25% ini tashkil qiladi. Ba‘zi mamlakatlarda (masalan, 
Qirg‗iziston, Qozog‗iston, O‗zbekiston, Turkmaniston va b.) bu ko‗rsatkich undan
ham yuqori. Buning ustiga, mazkur mamlakatlarda yaylovzorlarning hosildorligi 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling