«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet130/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

139 
Qishloq xo‗jaligi uchun yerning ahamiyatini ta‘kidlagan edik. Ammo har 

qanday yer maydoni ham bu sohada intensiv foydalanish imkoniyatiga ega emas.


Binobarin, hududlarning qishloq xo‗jalik salohiyati ekin ekiladigan yoki 
haydaladigan yer va umumiy yer maydonining nisbati, yer fondining hajmi va
tarkibi, tabiiy agrar imkoniyatlar orqali belgilanadi. Ayniqsa, sug‗oriladigan yer 
maydoni bilan qishloq aholisining ta‘minlanganlik darajasi katta ahamiyatga ega.
Ayni chog‗da, bizning sharoitimizda faqat yer maydonining bo‗lishi yetarli 
emas. Buning uchun, albatta, yana issiq harorat va suv, namgarchilik talab qilinadi.
Chunki O‗zbekistonda yetishtiriladigan qishloq xo‗jalik mahsulotlarining 
ko‗pchiligi issiqtalab va suvtalabdir. Ayniqsa, bodring, pomidor, baqlajon, lavlagi
poliz ekinlari, sholi kabilarda suv sarfi ancha yuqori. 
Qizig‗i shundaki, tabiatda bir joyning o‗zida issiq harorat, dehqonchilikka
yaroqli yer maydoni va tegishli miqdorda suv kamdan-kam hollarda uchraydi. Suv 
bor joyda qulay yer maydoni yo‗q (tog‗liklar), yer maydoni bor joyda suv yo‗q
(cho‗llar). Birinchisida terrasa usuli, ikkinchisida sun‘iy sug‗orish qo‗llaniladi.
Qadimda sug‗orma dehqonchilik daryolarning quyilish qismida, deltasida
rivojlangan va buning uchun tabiiy hosildor allyuvial yotqiziqlardan foydalanilgan. 
Bunday joylar (Nil deltasi, Tigr va Yevfrat, Hind-Gang, Xuanxe daryosining pastki
qismi) sug‗orma dehqonchiligi asosida fan va madaniyat rivojlangan, ular Yer 
yuzidagi dastlabki sivilizatsiya o‗choqlari hisoblanadi. Bizning o‗lkamizda
dastlabki vohalar, aynan, ana shunday hududlarda vujudga kelgan. Keyinchalik 
sug‗orma dehqonchilik geografiyasi daryolarning quyilishidan ularning yuqori
qismlariga ko‗tarilib borgan, suv omborlari va kanallar qurilishi munosabati bilan 
tog‗ yonbag‗irlari, adirlar ham ishlab chiqarish oborotiga kiritilgan, vohalar bir-
biriga tutashib ketgan (masalan, Farg‗ona vodiysida). 
Sun‘iy sug‗oriladigan dehqonchilikdan tashqari bizda bahorikor yerlar ham
ko‗p (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari va b.). Bunday tabiiy 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling