«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet126/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

135 
taklif, soliq va kredit, narx-navo va davlatning maxsus mintaqaviy siyosati ta‘sirida 

amalga oshiriladi.


Eng muhimi, joylashtirilgan korxona tadbirkor uchun ham, davlat uchun ham 
qulay va arzon bo‗lishi kerak. Qulaylik – transport xarajatlari kam, ekologik
jihatdan maqbul, arzon demakdir. Kelajakda mahsulot qiymatiga, tannarxiga unga 
ishlatilgan xomashyo sarf-xarajatlari, ya‘ni ―resurs uchun to‗lov‖ ham kiritilishi
kerak. Zero, bozor munosabatlari davrida u yoki bu resursni qazib olgan 
hududning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, atrof-muhitga ko‗rsatilgan zarar albatta
qoplanishi lozim. 
Sanoat tarmoqlarining hududiy majmua yoki rayon tashkil etish qobiliyati
ham har xil. Masalan, kimyo va neftni qayta ishlash, o‗rmon, yog‗och va 
sellyuloza, elektr energetika, qora va rangli metallurgiya kabilar boshqa sanoat
tarmoqlari bilan yaqindan aloqada bo‗lib, ular ko‗pincha birgalikda, ya‘ni 
tarmoqlarar va hududiy majmua shaklida tashkil etiladi. Chunonchi, neftni qayta
ishlash ―boyib ketish‖ imkoniyatiga ega, binobarin, bunday sanoat korxonalari 
joylashgan shahar tez orada o‗sish markaz va qutblariga aylanishi mumkin.
Arzon elektr energiya beruvchi suv elektr stansiyalari ham o‗ziga boshqa 
sanoat korxonalarini chaqiradi. Odatda, bunday markazlarda rangli metallurgiya,
transformator zavodlari barpo etiladi. Qurilish materiallari sanoati (ayniqsa, sement 
ishlab chiqarish) esa rangli va qora metallurgiya, IESlar mavjud bo‗lgan joylarda
tashkil etiladi.
Turli xil sanoat tarmoqlarning shakllanishi tarmoqlararo majmualarni vujudga
keltiradi. Agar ular bir joyda o‗rnashgan bo‗lsa, bunday majmualar, ayni vaqtda, 
hududiy majmua holatida ham bo‗ladi. Shu bilan birga, alohida sanoat
tarmoqlarining mujassamlashuvi ham hududiy majmua (aglomeratsiya) shaklida 
bo‗lishi mumkin. Bunga mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rayonlari
misol bo‗la oladi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling