«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet122/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

131 
Qora metallurgiyaga kiruvchi ferrosplav (temir qotishmalari) zavod-lari 

―elektrtalab‖ hisoblanadi: 1 t ferrosplav uchun 8-9 ming kVt/s. elektr energiyasi


sarflanadi. Binobarin, bunday zavodlar arzon elektr manbalariga yaqinroq 
joylashtiriladi.
Rangli metallurgiya sanoatiga kiruvchi korxonalar turli-tuman (alyuminiy, 
mis, kumush, oltin, qo‗rg‗oshin, qalay va h.k.). Ular tabiatda alohida-alohida
uchramaydi. Shuning uchun rangli metallarni qazib olishda kompleks, kombinat 
usuli qo‗llaniladi.
Tog‗ metallurgiya kombinatlari xomashyo rayonlarida (sababi rangli metallar 
miqdori rudada juda oz) quriladi, bevosita tozalangan metall esa iste‘mol
rayonlarida va xususan, arzon elektr energiyaga yaqin joyda bo‗ladi: tozalangan 
yoki ―rafinatsiya‖ qilingan misning bir tonnasiga 9-10 kVt/s.gacha, alyuminiyga
18-19, titan va nikel uchun 50 ming kVt/s. gacha elektr energiyasi ishlatiladi. Shu 
bilan birga, rangli metallurgiya korxonalarini joylashtirishda ekologiya omilining
ham o‗rni sezilarli.
Mashinasozlikning tarkibi boyligi tufayli unga ta‘sir qiluvchi omillar turi ham
har xil. Chunonchi, metallni ko‗p talab qiluvchi og‗ir mashinasozlik (vagonsozlik, 
tog‗-kon va shaxtalar uchun asbob-uskunalar va h.k.) qora metallurgiya rayonlarida
kam, ammo malakali ishchi kuchi kerak bo‗lgan priborsozlik, elektrotexnika, 
hisoblash texnikalari kabi nozik va aniq mashinasozlik fan-texnika taraqqiyoti
markazlarida joylashtiriladi. 
Qishloq xo‗jaligi mashinasozligi ko‗p hollarda iste‘mol rayonlarida
rivojlanadi. Masalan, O‗zbekistonda paxta teruvchi, Ukrainada g‗alla va qand 
lavlagi, Belorussiyada kartoshka va zig‗ir, Moldaviyada uzumchilik,
Qirg‗izistonda pichan o‗ruvchi va preslovchi mashinalar ishlab chiqariladi. Demak, 
mamlakat yoki rayon nimaga ixtisoslashsa, o‗sha sohaga xizmat qiluvchi
mashinasozlik tarmog‗i tashkil etiladi. Bu qonuniyat boshqa tarmoqlarga ham 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling