«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
129 yuqori. Bu esa sanoat ishlab chiqarishining qishloq xo‗jaligiga ko‗ra iqtisodiy samaradorligining yuqori bo‗lishiga olib keluvchi sabablardan biridir. Sanoat korxonalarini joylashtirishga ta‘sir etuvchi omillar soni ko‗p. Ular, asosan, xomashyo, yoqilg‗i, energetika, iste‘mol, ishchi kuchi, iqtisodiy geografik o‗rin va boshqalardan iborat. Bu borada, xususan, ekologiya va bozor iqtisodiyoti omillarining ahamiyati tobora kuchaymoqda. Shu bilan birga, qayd etish joizki, turli xil sanoat tarmoqlarini joylash-tirish muayyan omillar asosida amalga oshirildi. Ularni qisqacha ko‗rib chiqamiz. Yoqilg‗i sanoati tog‗-kon yoki qazib oluvchi sanoati toifasiga kiradi va yoqilg‗i turlari, qazilma boyliklarning joylanishi tabiiy, geoximik qonuniyatlarga asoslanadi. Sababi – ko‗mir, neft, gaz, yonuvchi slanes, torf kabi tabiiy boyliklarning paydo bo‗lishi va yer yuzida (ostida) tarqalishi o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Elektr-energetika suv, issiqlik va atom stansiyalaridan tashkil topadi. Suv elektrostansiyalarini (SES) tekislik joyga ko‗ra tog‗ va tog‗oldi rayonlarda qurish maqsadga muvofiq. Chunki bunday sharoitda relyef shakli – yer tuzilishining qiyaligi, tabiiy holda sharshara va tog‗lar orasidagi cho‗kmalarning mavjudligi qulay imkoniyatlar tug‗diradi. Shuningdek, suv ombori qoplagan yerlar qishloq xo‗jaligida deyarli ishlatilmaydi; qishloq manzilgohlari ham yo‗q va, binobarin, ularni ko‗chirtirish talab etilmaydi. Suv ombori va uning atrofida sport, dam olish zonalarini tashkil qilish, bog‗dorchilik va baliqchilikni rivojlantirish, pastki hududlarda yerlarni sug‗orish, kanallar qurish mumkin. Ba‘zan SESlar bilan birgalikda o‗rmon, yog‗ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‗oz sanoati ham rivojlanib boradi (masalan, Rossiyaning sharqiy rayonlarida). Ko‗rinib turibdiki, tog‗li rayonlarda qurilgan SESlar har tomonlama qulay, elektr energiyasi arzon. Agar shu stansiyalar tekislikda joylashtirilsa, katta maydon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling