IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
132
tegishli. Chunonchi, Kareliyada o‗rmon, Uralda qora metallurgiya, Donbassda
shaxta, O‗zbekistonda to‗qimachilik, Irkutskda oltin saralash mashinasozligi
rivojlangan va h.k.
Shunday qilib, mashinasozlik mahsulotiga qarab uni joylashtirishga
xomashyo (metall), ishchi kuchi, iste‘mol, ilm-u fan, geografik o‗rin omillari ta‘sir
ko‗rsatadi. Tabiiyki, dengiz kemasozligi quruqlik ichkarisida emas, port
shaharlarda joylashtiriladi. Xuddi shunga o‗xshash stanoksozlik, elektrotexnika,
traktorsozlik kabi juda ko‗p mashinasozlik tarmoqlari o‗ziga xos hududiy tashkil
qilish xususiyatlariga ega. Albatta, bu sanoat tarmog‗i uchun kooperatsiya shakli
muhimligi tufayli, uning markazlari qulay transport geografik o‗ringa ega
bo‗lishlari ham lozim.
Kimyo va neftni qayta ishlash sanoati. Asosiy kimyo uchun xomashyo omili
uncha muhim emas. Chunki bu sanoat turli xil xomashyo: o‗simlik, mineral, ishlab
chiqarish chiqindilari, hatto suv va havo asosida ham tashkil etilaveradi. Binobarin,
kimyo sanoatini hududiy tashkil etish katta erkinlikka ega. Ammo unga ta‘sir
etuvchi boshqa kuchli omil mavjud – bu ham bo‗lsa ekologiyadir.
Neftni qayta ishlash zavodlari xomashyo rayonlariga ko‗ra iste‘mol
rayonlarida ko‗proq uchraydi. Xom neftni keltirib turli xil mahsulot olish, ularning
barchasini alohida-alohida keltirishdan ko‗ra arzonroq, qulay va xavfsizroqdir.
Ba‘zan bunday zavodlar magistral neft quvurlari o‗tgan joylarda ham tashkil
etiladi.
Kimyo sanoati uchun suv va elektr energiyasi omili ham ahamiyatli. Shu
sababdan bo‗lsa kerak, Chirchiq yirik kimyo sanoati markaziga aylangan.
O‗rmon, yog‗ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‗oz sanoatini joylashtirish
ham o‗ziga xos. Jumladan, yog‗ochni qayta ishlash aksariyat hollarda
o‗rmonzorlarga yaqin joylarda amalga oshiriladi, chunki 40 foizgacha yog‗och
(novda va shox-shabbalar) chiqindiga ketadi. Sellyu-loza-qog‗oz ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |