IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
134
rayonlarida joylashtirilishi bilan uyg‗unlashib ketadi. Chunki aholi yengil sanoat
mahsulotlarining iste‘molchisidir, ular esa hamma uchun va har doim kerak.
Oziq-ovqat sanoatini joylashtirish ko‗proq iste‘mol omiliga qarab amalga
oshiriladi (bu mahsulotlar ham barcha uchun va doimo zarur). Shuningdek,
ularning transportda tashish imkoniyatlari, sifatining buzilmasligi ham inobatga
olinadi. Jumladan, yog‗-moy ishlab chiqarish, konserva, vino sanoati, qand-lavlagi
va tamakini qayta ishlash ko‗proq xomashyo rayonlarida, go‗sht, sut sanoati
korxonalari shahar joylarga yaqin quriladi. Qandolatchilik fabrikalari bevosita
shaharlardan joy oladi.
Un sanoati, don mahsulotlari kombinatlari ham aksariyat hollarda kichik
shaharlarda, g‗allakor rayonlarda yoki ularga yaqin bo‗lgan shaharlarda
rivojlanadi. Keltirilgan undan turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish iste‘mol
rayonlarida – shaharlarda tashkil qilinadi. Bunday markazlarda ba‘zan yirik yog‗-
ekstraksiya, konserva va vino sanoati, tamaki fermentatsiya korxonalari qurilishi
mumkin.
Shunday qilib, oziq-ovqat sanoatining hududiy tarkibi, asosan, iste‘mol va
xomashyo omillari ta‘sirida shakllanadi. Ayni vaqtda, bu tarmoq qishloq xo‗jaligi
bilan bevosita bog‗liqligi tufayli agrosanoat majmualari ko‗rinishida hududiy
tashkil etiladi.
Poligrafiya sanoati ko‗proq shaharlarda, xususan, poytaxt shaharlardan joy
oladi. Sababi – bunday shaharlarga matbuot, kitob, gazeta va jurnallarni nashr
qilish o‗ziga xos vazifa (funksiya) hisoblanadi.
Yuqorida sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish masalasida omillardan emas,
sanoat tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqildi. Shu o‗rinda eslatish lozimki,
hozirgi sharoitda sanoat tarmoqlari va korxonalarni aynan qayerda joylashtirish,
ularning texnik-iqtisodiy xususiyatlaridan tashqari, bozor munosabatlari – talab va
Do'stlaringiz bilan baham: |