IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
119
D.N.Anuchinning
(1843-1923) Moskva geografiya maktabi 1884-yil Moskva
Davlat universitetida shakllandi. Olim kafedrani boshqardi va talabalarga
―Umumiy yer bilimi‖ kursidan saboq berdi. Uningcha, geografiya ―Yer yuzasining
tabiatini o‗rganishi lozim. U geografiyani ikki qismga: umumiy yer bilimi va
o‗lkashunoslikka ajratdi. Birinchisi Yer yuzasidagi tabiiy geografik komponentlar
majmuasini, ikkinchisi tabiiy komplekslarni odam bilan birgalikda o‗rganadi.
V.V.Dokuchayev
(1846-1903) Peterburg maktabi geografiya nazariyoti va
amaliyotini rivojlantirdi, tuproqshunoslikka asos soldi. ―Tuproq – landshaftning
ko‗zgusi‖, degan edi olim. Tabiat zonalari haqidagi ta‘limotni yaratdi.
XVII asr o‗rtalaridan XIX asr o‗rtalariga qadar bo‗lgan bosqichda Yevropada
“sanoat inqilobi”
davri bo‗lib, manufaktura (qo‗l bilan ishlab chiqarish)
bosqichidan fabrika-zavod ishlab chiqarish bosqichiga o‗tayotganligi bilan
xarakterlanadi. Yevropa mamlakatlarida industrlashtirish, sanoatning moddiy
ishlab chiqarishning bosh sohasiga aylanishi jarayoni boshlandi. Bug‗
mashinasining ixtiro qilinishi esa sanoat va transportda inqilobiy o‗zgarishlarga
sabab bo‗ldi.
Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishiga sanoat inqilobi
g‗oyat kuchli ta‘sir etdi. Jahon iqtisodiyotida Yevropa, so‗ngra 1776-yilda tashkil
topgan AQSh katta o‗rin tuta boshladi. Angliya jahon mamlakatlari o‗rtasida
sanoat, savdo, moliya va harbiy jihatdan yetakchi mavqega ega bo‗ldi. London
jahondagi eng yirik shahar, port va moliya markaziga aylandi. 1870-yilda jahon
sanoat ishlab chiqarishning 33,0 foizi Angliya hissasiga, 25,0 foizi esa AQSh
hissasiga to‗g‗ri kelar edi. Britaniya umumiy maydoni 22,0 mln.km
2
bo‗lgan
(Hindiston, Kanada, Avstraliya, Janubiy Amerikada) hududlarni o‗ziga qaratib
oldi. Ispaniya esa o‗zining Lotin Amerikasidagi deyarli barcha mustamlakalaridan
ajralib qoldi (Lotin Amerikasidagi 1810-1825-yillardagi milliy ozodlik harakati
Do'stlaringiz bilan baham: |