«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 1.44 Mb.
bet109/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

V.N.Tatishyev
(1686-1750) bilan 


M.V.Lomonosov
ham (1711-1765) munosib hissa qo‗shdilar. Tatishyev 
rahbarligida Sibir va Rossiyaning geografiyasiga tegishli ―Katta chizma kitobi‖
(1745-y.) nashr etildi. Nyuton dunyoni ilohiy kuch yaratgan deb hisoblagan bo‗lsa, 
Lomonosov tabiat qonunlari asosida barpo bo‗lgan deb ta‘kidlaydi. Lomonosov





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

117 
taklifi bilan Rossiyaning turli qismlariga tegishli atlaslar tuzildi. Uning loyihasiga 

binoan 1755-yilda birinchi rus universiteti – Moskva Universiteti tashkil topdi.


Nemis faylasufi va geografi 


Immanuel Kant
(1724-1804) o‗zining mashhur 
kosmogonik konsepsiyasini yaratdi. U Kenigsburg universitetida 40 yil davomida
geografiya professori hisoblangan. Kant geografiyasida tabiat komponentlari 
haqida ma‘lumot beriladi. Uningcha, odamzod tabiat sirlarini qanday bo‗lsa
shundayligicha to‗liq bilishga qodir emas. Odamzod faqat aql-zakovati 
doirasidagina fikr yurita olishi mumkin. Uning shunday so‗zlari bor: ―Siz menga
faqat materiyani bering, men undan Sizga butun dunyoni yaratib beraman‖. 
Darhaqaqiqat, u Quyosh sistemasining paydo bo‗lishini (Dekart singari)
changsimon tumanliklarning quyuqlashuvidan hosil bo‗ladi degan fikrni 
avliyolarcha bashorat qilgan edi. Ikkinchidan, u Olam issiqlik (energetik) halokat
yoqasiga tabora yaqinlashmoqda degan. Quyosh soviydi, u vaqt kelganda o‗chadi 
degan fikrlarni aytgan.
Buyuk nemis geograflaridan yana biri 


Aleksandr Gumboltdir
(1769-1859). 
Unga ―quruqlik Magellani‖ deb nisbat berishgan. U Janubiy, Markaziy va
Shimoliy Amerika, Yevropa, Rosiya, O‗rta Osiyo (Turkiston), Ol-toy o‗lkalarida 
bo‗lgan. Botanik Bonplan bilan birgalikda 6000 xil o‗simlik turidan gerbariy
to‗plagan. Hozirgi biogeografiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrogeologiya 
kabi fanlarga oid qiziqarli ma‘lumotlarni bevosita dalada to‗plab, tahlil qildi,
umumgeografik xulosalar yaratdi. 


Charlz Darvin
(1809-1882) ham, birinchi navbatda, geograf-sayyoh bo‗lgan. 
U ―Bigl‖ kemasida 5 yillik dunyo sayohatini o‗tagan. Darvin organik dunyoning
evolutsion qonuniyatini yaratdi.


Karl Ritter
(1779-1859) geografiya tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk 
shaxslardan biri. Uning asosiy asari ―Umumiy yer bilimi‖ hisoblanadi. U singari
birorta olim qiyoslash, hodisalar o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqliklarni tavsiflash, 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling