«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet113/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

121 
xarakterlanadi. Bu jarayon, ayniqsa, AQSh uchun xos bo‗lib, XIX asrning 60-

yillari oxiridan iqtisodiy yuksalish pallasiga kirdi. 1913-yilda AQShning jahon


sanoat ishlab chiqarishidagi hissasi 36,0 foizni tashkil qildi. Bu Angliya, Fransiya, 
Germaniyaning birgalikdagi ko‗rsatkichidan ham ko‗proq edi. Nyu-York nafaqat
jahondagi eng yirik shahar bo‗libgina qolmasdan, London va Parij shaharlarining 
bir qator funksiyalarini o‗ziga oldi yoki I.A.Vitver fikricha, jahon xo‗jaligi
―Yevromarkazdan‖, ―ikki markazli‖likka aylandi. 
Yevropada Germaniya (1871-yilgi birlashuvdan so‗ng) iqtisodiy taraqqiyot
yo‗liga kirib, Angliyadan o‗tib ketdi. Fransiya va G‗arbiy Yevropadagi boshqa bir 
qator mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyot nisbatan sekinroq ekanligi bilan
tavsiflansa, Sharqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy taraqqiyot ancha 
bo‗sh edi.
Osiyo (Yaponiyadan tashqari), Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari 
iqtisodiy jihatdan qoloq, agrar xomashyo mamlakatlari bo‗lib qolaverdi. Xuddi
shunday holat Rossiyaning mustamlakasi hisoblangan Turkiston o‗lkasi uchun ham 
xos bo‗lib, u tipik agrar xomashyo hududi edi.
―Buyuk davlatlar‖ning iqtisodiy va harbiy salohiyati hamda ―Yevropadagi 
imtiyozli mayda millat‖lar (Shvetsiya, Belgiya, Gollandiya) dunyoni o‗zlarining
ta‘sir darajalariga kiritish va bo‗lib olish uchun kurashdilar. Dastlab, Afrika va 
Okeaniya to‗la bo‗lib olindi. Germaniya, Belgiya, Italiya, AQSh, Yaponiyadan
iborat mustamlakachi davlatlar yuzaga keldi. Fransiya mustamlakalari ko‘paydi. 
Buyuk Britaniya o‗zining mustamlakalarini kengaytirib, hududini 33,0 mln.km
2
ga 

yetkazdi.


Bo‗lib olingan dunyoni qayta bo‗lib olish uchun bo‗lgan kurash I Jahon 
urushiga (1914-1918) olib keldi. Mustamlaka qaramligining shakllari o‗zgardi.
Buyuk Britaniya tarkibidagi beshta mustamlaka dominion maqomiga ega bo‗ldi. 
Xitoy, Eron, Turkiya amalda yarim mustamlaka hududlar bo‗lib qoldi. XIX asr






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling