«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet115/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

123 
g) XX asrning 80-yillari o‗rtalardan boshlab sotsialistik tuzumning ijtimoiy-

iqtisodiy tizim sifatida tanazzulga yuz tutishi, avvalo, Sharqiy Yevropa


mamlakatlarida, so‗ngra 90-yillarning boshlarida sobiq Ittifoq hududida sifat 
jihatidan yangi mustaqil davlatlar – Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya,
Ruminiya, Bolgariya, Albaniya, Serbiya, Cherno-goriya (Serbiya va Chernegoriya 
birgalikda Yugoslaviya ittifoqini tashkil qildilar), Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya
va Gersegovina hamda Latviya, Litva, Estoniya, Belarus, Moldova, Gruziya, 
Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, O‗zbekiston va
Turkmanistonning tashkil topishi, jahon hamjamiyatiga qo‗shilishi hamda 
Germaniyaning yagona davlat sifatida birlashuvi;
d) Yaqin Sharqda Isroil-Falastin muammosining bosqichma-bosqich hal qilish 
jarayonining boshlanishi (1993-1999-yillar) bilan bog‗liq. Shuningdek, bu
bosqichdagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy o‗zgarishlar: 
1. Sanoatning bir qator tarmoqlari, chunonchi, elektroenergetika, neft,
alyuminiy eritish, samolyotsozlik, plastmassa ishlab chiqarish, transport tizimida 
avtomobil, havo, quvur; aloqada – radio tez rivojlandi. Qishloq xo‗jaligi intensiv
taraqqiyot yo‗liga kirdi. 
2. 50-yillardan boshlab jahon xo‗jaligida muhim sifat o‗zgarishlarga olib
kelgan fan-texnika inqilobi (FTI) boshlandi. FTI jamiyatning yoqilg‗i-energetika 
asosiga, mehnat vositalari, mehnat predmetlari va ishlab chiqarish texnologiyasiga
kuchli ta‘sir ko‗rsatdi va muhim sifat o‗zgarishlari yuz berdi. 
3. FTI jahon xo‗jaligida muhim tarmoq o‗zgarishlarga olib keldi. Tarmoq
tarkibida makro o‗zgarishlar sanoatni moddiy ishlab chiqarishning barqaror va 
samarali sohasiga aylanishi, noishlab chiqarish sohalari hissasining barqaror ortib
borishi va qishloq xo‗jaligi hissasining qisqarish jarayoni boshlandi. 
4. FTI ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashishiga kuchli ta‘sir etdi.
Ishlab chiqarish kuchlarining joylashishidagi ―an‘anaviy‖ omillar bilan bir qatorda, 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling