«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 127
GEOGRAFIK FAN SIFATIDA
Reja: 9.1. Iqtisodiy geografiya – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tarmog‗i sifatida. 9.2. Xo‗jalik tarmoqlari haqida tushuncha, ularning klassifikatsiyasi. 9.3. Iqtisodiy geografiyaning tuzilishi. 9.4. Sanoat, qishloq xo‗jaligi va transport geografiyalari. 9.5. Iqtisodiy aloqalar geografiyasi. Xalqaro turizm. Vatanimizni milliy va siyosiy mustaqilligini mustahkamlash ko‗p jihatlardan uning barcha tashqi va ichki imkoniyatlaridan to‗g‗ri foydalanishni talab etadi. Davlatimiz joylashgan hududga, umuman, O‗rta Osiyoga 70 yil davomida xomashyo manbai sifatida e‘tibor qaratilganligi sababli, bu mintaqadagi mamlakatlarni barchasi bir tomonlama rivojlandi. Qayta ishlovchi zavodlar o‗rnini ham qishloq xo‗jaligi egallagan edi. Hozirgi paytda O‗zbekiston iqtisodiyoti industrial-agrar ko‗rinishiga ega bo‗lib, bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda. Jumladan: - yoqilg‗i-energetika kompleksining ildam su‘ratlar bilan rivojlanishini ta‘minlash, neft va tabiiy gaz qazib chiqarish hamda ularni qayta ishlash hajmlarini oshirib borish, shuning hisobiga respublikaning energetika mustaqilligiga erishish; - tovarlarni chetdan keltirish o‗rniga o‗zimizda ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish asosida, boshqa mintaqalardan keltiriladigan xalq xo‗jaligini va aholi turmushini ta‘minlaydigan mahsulot turlariga respublikaning qaramligini kamaytirish choralarini ko‗rish; - qishloq xo‗jalik mahsulotining eng muhim turlarini yanada to‗la qayta ishlash, yengil va mahalliy sanoatning turli tarmoq va korxonalarini rivojlantirish; IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 127 - eng muhim ist‘emol mollarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish tayyorlanayotgan mahsulot turini, sifatini yaxshilash, osh tuzi, spirt, gugurt va kamyob tovarlarni ishlab chiqaruvchi yangi korxonalarni bunyod etish qishloq xo‗jaligidagi islohotlarning eng muhim bo‗g‗ini deb belgilangan. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishida ularni to‗g‗ri joylash-tirish ham katta rol o‗ynaydi. Bunda, asosan, ekologiya bilan ―hisoblashish‖ ga to‗g‗ri keladi, zotan vujudga kelgan vaziyat buni qat‘iylik bilan sanoat korxonalarining ishlashi shu nuqtai nazardan to‗xtatilganligi bejiz emas. Hozirda AQSh, Yevropaning ko‗p mamlakatlaridagi shunday korxonalar o‗z faoliyatini boshqa – aholisi kam yoki kuchsiz rivojlangan Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo mamlakatlarida davom ettirmoqda. Umuman tarmoq deganda, korxonalarning ma‘lum o‗xshash xususiyatlariga ko‗ra guruhlanishi tushuniladi. Sanoat tarmoqlari, odatda, uch asosiy mezon asosida ajratiladi. Ular: xomashyo birligi bo‗yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari (mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o‗rmon, yog‗ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‗oz sanoati va h.k.); iste‘mol birligi, ya‘ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (yengil va oziq-ovqat, qurilish, elektr-energetika va b.); texnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog‗i (kimyo sanoati). Sanoatning tarmoqlar tizimi nihoyatda murakkab va u borgan sari o‗zgarib bormoqda. Eng yirik tarmoqlar sifatida yoqilg‗i, energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neftni qayta ishlash, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish, o‗rmon, yog‗ochni qayta ishlash, sellyuloza-qog‗oz, yengil, oziq- ovqat, poligrafiya va boshqalar ajratiladi. Ular ham, o‗z navbatida, tarmoq va tarmoqchalardan iborat. Bu jihatdan mashinasozlik sanoatining turlanishi, ayniqsa, boy; faqat transport mashinasozligining o‗zi bir nechta qismlarni o‗z ichiga oladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling