«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet120/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

129 
yuqori. Bu esa sanoat ishlab chiqarishining qishloq xo‗jaligiga ko‗ra iqtisodiy 

samaradorligining yuqori bo‗lishiga olib keluvchi sabablardan biridir.


Sanoat korxonalarini joylashtirishga ta‘sir etuvchi omillar soni ko‗p. Ular, 
asosan, xomashyo, yoqilg‗i, energetika, iste‘mol, ishchi kuchi, iqtisodiy geografik
o‗rin va boshqalardan iborat. Bu borada, xususan, ekologiya va bozor iqtisodiyoti 
omillarining ahamiyati tobora kuchaymoqda. Shu bilan birga, qayd etish joizki,
turli xil sanoat tarmoqlarini joylash-tirish muayyan omillar asosida amalga 
oshirildi. Ularni qisqacha ko‗rib chiqamiz.
Yoqilg‗i sanoati tog‗-kon yoki qazib oluvchi sanoati toifasiga kiradi va 
yoqilg‗i turlari, qazilma boyliklarning joylanishi tabiiy, geoximik qonuniyatlarga
asoslanadi. Sababi – ko‗mir, neft, gaz, yonuvchi slanes, torf kabi tabiiy 
boyliklarning paydo bo‗lishi va yer yuzida (ostida) tarqalishi o‗ziga xos
xususiyatlarga ega. 
Elektr-energetika suv, issiqlik va atom stansiyalaridan tashkil topadi. Suv
elektrostansiyalarini (SES) tekislik joyga ko‗ra tog‗ va tog‗oldi rayonlarda qurish 
maqsadga muvofiq. Chunki bunday sharoitda relyef shakli – yer tuzilishining
qiyaligi, tabiiy holda sharshara va tog‗lar orasidagi cho‗kmalarning mavjudligi 
qulay imkoniyatlar tug‗diradi. Shuningdek, suv ombori qoplagan yerlar qishloq
xo‗jaligida deyarli ishlatilmaydi; qishloq manzilgohlari ham yo‗q va, binobarin, 
ularni ko‗chirtirish talab etilmaydi. Suv ombori va uning atrofida sport, dam olish
zonalarini tashkil qilish, bog‗dorchilik va baliqchilikni rivojlantirish, pastki 
hududlarda yerlarni sug‗orish, kanallar qurish mumkin. Ba‘zan SESlar bilan
birgalikda o‗rmon, yog‗ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‗oz sanoati ham 
rivojlanib boradi (masalan, Rossiyaning sharqiy rayonlarida).
Ko‗rinib turibdiki, tog‗li rayonlarda qurilgan SESlar har tomonlama qulay
elektr energiyasi arzon. Agar shu stansiyalar tekislikda joylashtirilsa, katta maydon






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling