IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
124
hududiy integratsiya, tabiiy resurslar, mehnat resurslari (―aql oqimi‖) radio-
elektronikada (ayollar mehnatidan keng foydalanish), transport, infrastruktura, fan,
talab va ekologik omillarning roli kuchayganligi bilan ajralib turadi.
Ayni vaqtda, aholi ko‗payishining tezlashuvi (demografik portlash)
urbanizatsiya jarayonining kengayishi, mehnat jarayonining chuqur-lashuvi,
mehnat resurslari tarkibidagi jiddiy o‗zgarishlar va etnik jarayonlar rivojlandi.
Yangi va eng yangi davr geografiyasining asosiy xususiyatlari. Bu davrda
geografiya fanining rivojlanishi davr (xalq xo‗jaligining) talabidan kelib chiqdi.
Ayniqsa, texnika va ilm-fanning taraqqiyoti ijobiy ta‘sir etdi.
Geografiya majmuali fanlar tizimiga aylandi. Ham iqtisodiy, ham tabiiy
geografiya barobariga rivojlandi. Bu borada iqtisodiy geograf N.N.Baranskiyning
xizmatlari katta.
Tabiy geografiya rayonlar va komponetlarni o‗rganish yo‗nalishlari bo‗yicha
rivojlana boshladi.
Geografik ilmiy tadqiqot institutlari va tashkilotlari tashkil topdi. Natijada,
fanning ilmiy-nazariy metodologiyasi va amaliy asoslari bo‗yicha tizimli ishlar
olib borish yo‗lga qo‗yildi. Tadqiqotlar geografiya fanini turdosh fanlarga yanada
yaqinlashtirdi. Jumladan, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, geologiya va
boshqalar bilan. Masalan, V.I.Vernadskiy va uning o‗quvchisi B.B.Polinov,
keyinchalik B.P.Perelman landshaftlar geokimyosini, V.V.Shuleykin landshaftlar
fizikasini rivojlantirdilar. A.A.Grigoryev zonallik qonuniyatida issiqlik va namlik
nisbatining ahamiyatini asosladi. Paleogeografik, biogeografik (V.N.Sukachev),
okeanografik (L.A.Zenkevich), landshaftshunoslik (L.S.Berg, N.A.Solnsev)
yo‗nalishlari jadal sur‘atlar bilan rivojlandi.
Tabiiy geografiya hozirgi paytda xalq xo‗jaligining turli tarmoqlariga xizmat
qilmoqda. Jumladan, mustaqil O‗zbekistonda geografiya fani komponentlarni
tadqiq etish va tabiatni kompleks (landshaft) o‗rganish yo‗nalishlarida
Do'stlaringiz bilan baham: |