«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet124/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

133 
esa, asosan, uch variantda joylashtiriladi: xomashyo rayonida, yog‗och oqizuvchi 

daryolarning temir yo‗llar bilan kesishgan nuqtasida hamda daryolarning quyilish


qismida. Ko‗rinib turibdiki, bu yerda transport va geografik o‗rin omillari katta 
ahamiyatga ega.
Qurilish sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan ―oldinda‖ borishi kerak, zero 
usiz yangi yerlar o‗zlashtirilmaydi, korxona va tashkilotlar bunyod etilmaydi,
g‗isht, sement, cherepitsa, shifrni ishlab chiqarish ko‗p jihatdan xomashyoga 
bog‗liq. Shu sababdan bo‗lsa kerak, Rossiyaning asosiy sement sanoati markazlari
Volsk, Iskitim, Novorossiysk hisoblanadi. Sababi, ular ilmiy ishlab chiqarish 
uchun xomashyo – mergeli, ohaktosh ko‗p miqdorda mavjud. O‗zbekistonda ham
sement ishlab chiqarish xomashyo omilini e‘tiborga olgan tarzda amalga oshirilgan 
(Bekobod, Angren, Quvasoy, Ohangaron). Bundan tashqari, sement ishlab
chiqarish qora va rangli metallurgiya markazlarida ham tashkil qilinadi. Buning 
uchun domna pechlarining chiqindisi – shlak, alyuminiy sanoatiga tegishli
glinozyom zavodlari chiqindilari ishlatiladi.
Temir-beton mahsulotlari va qurilmalarini joylashtirish iste‘mol omili orqali
tashkil qilinadi. Shu bois, ularning geografiyasi keng bo‗lib, bunday korxonalar 
barcha yirik shaharlarda mavjud.
Yengil sanoatni hududiy tashkil qilishda xomashyo, ishchi kuchi va iste‘mol 
omillari yetakchi rol o‗ynaydi. Masalan, paxta tozalash va pillachilik zavodlari, jun
yoki terini yuvish kabilar bevosita xomashyo rayonlarida joylashtiriladi. Sababi, 
ulardan olinadigan mahsulot birligiga juda ko‗p xomashyo sarflanadi.
To‗qimachilik, poyafzal, tikuv, trikotaj fabrikalari, gilam ishlab chiqarish 
mehnattalab bo‗lgani uchun ular katta va kichik shaharlar, rayon markazlarida
quriladi. Shu bilan birga, to‗qimachilik korxonalari og‗ir sanoat markazlarida 
ayollar ishchi kuchidan foydalanish maqsadida ham joylashtiriladi. Mazkur
sanoatning ko‗p mehnat resursini talab qilishi, ayni paytda, uning iste‘mol 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling