«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
141 mehnat sarfi haddan tashqari ko‗p, qishloq joylarda ―yashirin‖ ishsizlar ko‗p, aholining nisbiy va, hatto, mutlaq ortiqchaligi sezilib turibdi. O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga va shu asosda ijtimoiy masalalarni hal etishga katta ahamiyat berilmoqda. Biroq hozircha bu yerda muammolar ko‗p: qishloqlarda ish o‗rinlari kam, shaharlar esa ortiqcha ish kuchini ta‘minlay olmayapti. Bu ham bo‗lsa, o‗tish davrining qiyinchiliklaridan biridir. Qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini joylashtirishda mexanizatsiyalash, agrotexnika, agrokimyo, selektsiya kabi ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog‗liq yo‗nalishlarni rivojlantirish ahamiyatlidir. Bundan tashqari, qishloq xo‗jaligi infrastrukturasi, sug‗orish inshootlari – suv omborlari va kanallar, yerlarning meliorativ holatini yaxshilovchi chora-tadbirlar ham agrobiznesga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Ko‗pgina mamlakatlar qatorida O‗zbekistonda ham shahar atrofi qishloq xo‗jaligi rivojlanib bormoqda. Bu esa, o‗z navbatida, paxta maydonlarining shahardan uzoqlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, paxtachilik tog‗oldi hududlarida, Qoraqalpog‗istonda, Sirdaryo viloyati va Qarshi cho‗lining sho‗rlangan yerlarida qisqarib bormoqda. Qisman, bu jarayon g‗alla-bug‗doy maydonlarini kengaytirish asosida ham kuzatilmoqda. Demak, kelajakda paxtachilikda jiddiy o‗zgarishlarni kutish mumkin. Ayni vaqtda, bog‗dorchilik va uzumchilik, ayniqsa, g‗alla yetishtirish maydonlari kengaymoqda. Bunday o‗zgarishlar jahon miqyosida ham sodir bo‗lmoqda. Xususan, 60-yillarda rivojlanayotgan mamlakatlardagi ―yashil inqilob‖ g‗allachilik joylanishini sezilarli darajada o‗zgartirdi. Dunyo bo‗yicha chorvachilikning yem-xashak maydoni umumiy yer maydonining taxminan 20-25% ini tashkil qiladi. Ba‘zi mamlakatlarda (masalan, Qirg‗iziston, Qozog‗iston, O‗zbekiston, Turkmaniston va b.) bu ko‗rsatkich undan ham yuqori. Buning ustiga, mazkur mamlakatlarda yaylovzorlarning hosildorligi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling