«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet131/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

140 
namgarchilikdan foydalanib dehqonchilikni yuritish, yerning gidrotermik rejimini 

hisobga olgan holda joylashtiriladi. Maxsus adabiyotlarda buning uchun ―Lange


omili‖ tushunchasi mavjud bo‗lib, u issiqlik bilan yog‗in-sochin nisbatini bildiradi. 
Jumladan, bahorikor dehqonchilikda yillik yog‗in-sochin miqdori o‗rtacha yillik
haroratdan kamida 15 marta ko‗p bo‗lishi talab etiladi. Agar bu koeffitsiyent 15 
dan kam bo‗lsa, u holda faqat cho‗l yaylovchiligini rivojlantirish mumkin, xolos.
Havo (harorat), suv, tuproq – qishloq xo‗jaligi rivojlanishi va foyda-
lanishining asosiy uch shartidir. Shu bilan birga, melioratsiya va irrigatsiya,
mehnat resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, transport va boshqalarning ahamiyati 
ham muhim. Masalan, ishchi kuchi omili, ayniqsa, sug‗orma dehqonchilikda,
sabzavotchilikda katta rol o‗ynaydi. Ammo, ta‘kidlash lozimki, O‗zbekiston 
qishloq xo‗jaligida mehnat resurslarining bandligi nihoyatda yuqori, ya‘ni
tarmoqda keragidan ko‗ra, ko‗proq ishchi kuchi band. Bu esa mazkur tarmoq 
samaradorligini, uning mehnat unumdorligini pasayishiga sabab bo‗ladi. Mavjud
ma‘lumotlarga ko‗ra, AQSh qishloq xo‗jaligida atigi 8,7% mehnat resurslari band. 
Buyuk Britaniyada, hozirgi vaqtda qishloq xo‗jaligi mahsulotlari chetdan
keltirilganligi tufayli, bu ko‗rsatkich 3 foizni tashkil qiladi, xolos. 
Dunyo bo‗yicha qishloq xo‗jaligida mehnatga layoqatli aholining yarmidan
ko‗prog‗i ishlaydi. Afrika va Osiyo davlatlarining ba‘zilarida bu ko‗rsatkich 
yanada yuqori (masalan, Nepalda 90%). Ayni vaqtda, rivojlangan mamlakatlarda
sanoatning ―pastki‖ qatlamlarini rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‗chishiga 
o‗xshab, ularda qishloq xo‗jaligining intensiv shakli saqlanib qolmoqda.
Qishloq xo‗jaligida aholi bandligining qisqarib borishi dastlab, Britaniyada, 
so‗ngra Belgiya, Niderlandiya, Daniya, AQSh va boshqalarda kuzatilgan. Natijada,
hozirgi kunda bu mamlakatlarda bir fermer, taxminan, 80 va undan ortiq kishini 
oziq-ovqat bilan ta‘minlashga qodir. Vaholanki, rivojlanayotgan mamlakatlarda






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling