«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet133/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

142 
past va, binobarin, ularning ―chorva sig‗imi‖ ham yuqori emas. Demak, bu va 

shunga o‗xshash hududlarda ekstensiv chorvachilik rivojlanib boradi.


Chorvachilikning sut va sut-go‗sht yo‗nalishi uning ancha intensiv va 
mahsuldor sohalaridir. Sutchilik esa, odatda, uncha issiq bo‗lmagan va yog‗in-
sochin yetarli rayonlarda, daryo qayirlari va dalalar yam-yashil o‗tloqzorlar bilan 
qoplangan joylarda juda yaxshi rivojlanadi (Belorussiya, Boltiqbo‗yi davlatlari,
Rossiyaning Kostroma, Yaroslavl, Vologda viloyatlari, Gollandiya, Chuy vodiysi 
va h.k.). Jun chorvachiligi esa issiq, cho‗l tabiatida qulay imkoniyatga ega
(Avstraliya, Mongoliya, Qozog‗iston va h.k.). 
Sut chorvachiligining shahar aholisi ehtiyoji asosida shakllanishi ma‘qul. Shu
bilan birga, keyingi yillarda transport, xususan, avtorefrijeratorlarning ta‘siri ostida 
bu tarmoq uzoqroq masofada ham joylashtirilmoqda. Keltirilgan sut asosida u
bilan bog‗liq boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish shahar joylarda tashkil qilinadi. 
Qishloq xo‗jaligi tarmoqlari – dehqonchilik va chorvachilikning hududiy
birikmalari ham mavjud. Chunonchi, g‗allachilik rayonlarda parrandachilik, 
kartoshka yetishtiriladigan yerlarda sut-go‗sht chorvachiligi, qand lavlagi
ekiladigan hududlarda cho‗chqachilik rivojlanib boradi. Bu esa qishloq xo‗jaligida 
o‗ziga xos hududiy ishlab chiqarish majmualarini shakllantiradi. Bunday
majmualarning eng murakkab va rivojlangan shakli qishloq xo‗jaligi va qayta 
ishlovchi sanoat (rasman, oziq-ovqat sanoati) negizida vujudga keladi.
Agrosanoat majmuini (agrobiznesni) bundan ham keng ma‘noda talqin qilish 
mumkin. U holda bu majmua sanoatning qishloq xo‗jaligi bilan bog‗liq barcha
tarmoqlarini, transport va omborxonalarini ham o‗z qamroviga oladi. Aynan shu 
mazmunda agrosanoat majmualari respublikamizda milliy va mintaqaviy
iqtisodiyotning o‗zagini hosil qiladi. 
Sanoatda bo‗lganidek, qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini joylashtirishda ham eng
asosiy omil bozor munosabatlari bo‗lib qolmoqda. Nimani yetishtirishni hozirgi 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling