«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
139 Qishloq xo‗jaligi uchun yerning ahamiyatini ta‘kidlagan edik. Ammo har qanday yer maydoni ham bu sohada intensiv foydalanish imkoniyatiga ega emas. Binobarin, hududlarning qishloq xo‗jalik salohiyati ekin ekiladigan yoki haydaladigan yer va umumiy yer maydonining nisbati, yer fondining hajmi va tarkibi, tabiiy agrar imkoniyatlar orqali belgilanadi. Ayniqsa, sug‗oriladigan yer maydoni bilan qishloq aholisining ta‘minlanganlik darajasi katta ahamiyatga ega. Ayni chog‗da, bizning sharoitimizda faqat yer maydonining bo‗lishi yetarli emas. Buning uchun, albatta, yana issiq harorat va suv, namgarchilik talab qilinadi. Chunki O‗zbekistonda yetishtiriladigan qishloq xo‗jalik mahsulotlarining ko‗pchiligi issiqtalab va suvtalabdir. Ayniqsa, bodring, pomidor, baqlajon, lavlagi poliz ekinlari, sholi kabilarda suv sarfi ancha yuqori. Qizig‗i shundaki, tabiatda bir joyning o‗zida issiq harorat, dehqonchilikka yaroqli yer maydoni va tegishli miqdorda suv kamdan-kam hollarda uchraydi. Suv bor joyda qulay yer maydoni yo‗q (tog‗liklar), yer maydoni bor joyda suv yo‗q (cho‗llar). Birinchisida terrasa usuli, ikkinchisida sun‘iy sug‗orish qo‗llaniladi. Qadimda sug‗orma dehqonchilik daryolarning quyilish qismida, deltasida rivojlangan va buning uchun tabiiy hosildor allyuvial yotqiziqlardan foydalanilgan. Bunday joylar (Nil deltasi, Tigr va Yevfrat, Hind-Gang, Xuanxe daryosining pastki qismi) sug‗orma dehqonchiligi asosida fan va madaniyat rivojlangan, ular Yer yuzidagi dastlabki sivilizatsiya o‗choqlari hisoblanadi. Bizning o‗lkamizda dastlabki vohalar, aynan, ana shunday hududlarda vujudga kelgan. Keyinchalik sug‗orma dehqonchilik geografiyasi daryolarning quyilishidan ularning yuqori qismlariga ko‗tarilib borgan, suv omborlari va kanallar qurilishi munosabati bilan tog‗ yonbag‗irlari, adirlar ham ishlab chiqarish oborotiga kiritilgan, vohalar bir- biriga tutashib ketgan (masalan, Farg‗ona vodiysida). Sun‘iy sug‗oriladigan dehqonchilikdan tashqari bizda bahorikor yerlar ham ko‗p (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari va b.). Bunday tabiiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling