IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
135
taklif, soliq va kredit, narx-navo va davlatning maxsus mintaqaviy siyosati ta‘sirida
amalga oshiriladi.
Eng muhimi, joylashtirilgan korxona tadbirkor uchun ham, davlat uchun ham
qulay va arzon bo‗lishi kerak. Qulaylik – transport xarajatlari kam, ekologik
jihatdan maqbul, arzon demakdir. Kelajakda mahsulot qiymatiga, tannarxiga unga
ishlatilgan xomashyo sarf-xarajatlari, ya‘ni ―resurs uchun to‗lov‖ ham kiritilishi
kerak. Zero, bozor munosabatlari davrida u yoki bu resursni qazib olgan
hududning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, atrof-muhitga ko‗rsatilgan zarar albatta
qoplanishi lozim.
Sanoat tarmoqlarining hududiy majmua yoki rayon tashkil etish qobiliyati
ham har xil. Masalan, kimyo va neftni qayta ishlash, o‗rmon, yog‗och va
sellyuloza, elektr energetika, qora va rangli metallurgiya kabilar boshqa sanoat
tarmoqlari bilan yaqindan aloqada bo‗lib, ular ko‗pincha birgalikda, ya‘ni
tarmoqlarar va hududiy majmua shaklida tashkil etiladi. Chunonchi, neftni qayta
ishlash ―boyib ketish‖ imkoniyatiga ega, binobarin, bunday sanoat korxonalari
joylashgan shahar tez orada o‗sish markaz va qutblariga aylanishi mumkin.
Arzon elektr energiya beruvchi suv elektr stansiyalari ham o‗ziga boshqa
sanoat korxonalarini chaqiradi. Odatda, bunday markazlarda rangli metallurgiya,
transformator zavodlari barpo etiladi. Qurilish materiallari sanoati (ayniqsa, sement
ishlab chiqarish) esa rangli va qora metallurgiya, IESlar mavjud bo‗lgan joylarda
tashkil etiladi.
Turli xil sanoat tarmoqlarning shakllanishi tarmoqlararo majmualarni vujudga
keltiradi. Agar ular bir joyda o‗rnashgan bo‗lsa, bunday majmualar, ayni vaqtda,
hududiy majmua holatida ham bo‗ladi. Shu bilan birga, alohida sanoat
tarmoqlarining mujassamlashuvi ham hududiy majmua (aglomeratsiya) shaklida
bo‗lishi mumkin. Bunga mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rayonlari
misol bo‗la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |