«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet125/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

134 
rayonlarida joylashtirilishi bilan uyg‗unlashib ketadi. Chunki aholi yengil sanoat 

mahsulotlarining iste‘molchisidir, ular esa hamma uchun va har doim kerak.


Oziq-ovqat sanoatini joylashtirish ko‗proq iste‘mol omiliga qarab amalga 
oshiriladi (bu mahsulotlar ham barcha uchun va doimo zarur). Shuningdek,
ularning transportda tashish imkoniyatlari, sifatining buzilmasligi ham inobatga 
olinadi. Jumladan, yog‗-moy ishlab chiqarish, konserva, vino sanoati, qand-lavlagi
va tamakini qayta ishlash ko‗proq xomashyo rayonlarida, go‗sht, sut sanoati 
korxonalari shahar joylarga yaqin quriladi. Qandolatchilik fabrikalari bevosita
shaharlardan joy oladi.
Un sanoati, don mahsulotlari kombinatlari ham aksariyat hollarda kichik
shaharlarda, g‗allakor rayonlarda yoki ularga yaqin bo‗lgan shaharlarda 
rivojlanadi. Keltirilgan undan turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish iste‘mol
rayonlarida – shaharlarda tashkil qilinadi. Bunday markazlarda ba‘zan yirik yog‗-
ekstraksiya, konserva va vino sanoati, tamaki fermentatsiya korxonalari qurilishi
mumkin.

Shunday qilib, oziq-ovqat sanoatining hududiy tarkibi, asosan, iste‘mol va


xomashyo omillari ta‘sirida shakllanadi. Ayni vaqtda, bu tarmoq qishloq xo‗jaligi 
bilan bevosita bog‗liqligi tufayli agrosanoat majmualari ko‗rinishida hududiy
tashkil etiladi.
Poligrafiya sanoati ko‗proq shaharlarda, xususan, poytaxt shaharlardan joy
oladi. Sababi – bunday shaharlarga matbuot, kitob, gazeta va jurnallarni nashr 
qilish o‗ziga xos vazifa (funksiya) hisoblanadi.
Yuqorida sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish masalasida omillardan emas, 
sanoat tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqildi. Shu o‗rinda eslatish lozimki,
hozirgi sharoitda sanoat tarmoqlari va korxonalarni aynan qayerda joylashtirish
ularning texnik-iqtisodiy xususiyatlaridan tashqari, bozor munosabatlari – talab va






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling