«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
138 Qishloq xo‗jaligi makroiqtisodiy tarmoq sifatida, asosan, ikki katta sohadan, ya‘ni dehqonchilik va chorvachilikdan tashkil topgan. Jahon qishloq xo‗jaligida dehqonchilik oldinda turadi. Biroq, shunday bo‗lsa-da, dehqonchilik va umuman, qishloq xo‗jaligida tarmoqlarning turlanishi sanoatga nisbatan sustroq bormoqda. Ayni vaqtda qishloq xo‗jaligidagi ayrim yangi yo‗nalishlar – broller parrandachiligi, teplitsa (issiqxona) xo‗jaligi, sut va go‗sht fabrikalari o‗zlarining tashkil qilinishiga qarab ko‗proq industrial sohaga yaqin turadi. So‗nggi yillarda ba‘zi bir mahsulotlarning yetishtirilishi (pomidor, bodring, ziravorlar va b.) mavsumiy xususiyatini yo‗qotib bormoqda. Masalan, Toshkent bozorlarida bunday mahsulotlar deyarli yil davomida mavjud. Albatta, bu o‗rinda ―geografik konveyr‖ning roli ham bor. Chunki yuqoridagi qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetkazib turish turli hududlarda, ularning agroiqlimiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, navbatma-navbat amalga oshiriladi. Yana shuni qayd etish joizki, ayrim qishloq xo‗jaligi mevalarining geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Chunonchi, anjir, anor va, ayniqsa, xurmo faqat alohida, subtropik rayonlarning mevasi bo‗libgina qolmay, ular endigi sharoitda ko‗pgina hududlarda yetishtirilmoqda. Qishloq xo‗jaligi tarmoqlarini joylashtirishga tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Tabiiy komponentlar ichida, eng avvallo, iqlim, suv va tuproq, ya‘ni agroiqlimiy resurslarning ahamiyati katta. Iqlim sharoitlari, harorat, yer osti va yer usti suvlari, tuproq xususiyatlari qishloq xo‗jaligining tarmoqlar va hududiy tarkibini ko‗p jihatdan belgilab beradi. Foydali harorat, ya‘ni yig‗indisi yil davomidagi sutka haroratining +100°C dan yuqorisi va ijobiy harorat yig‗indisi (erta bahordan to kech kuzgacha ijobiy haroratning yig‗indisi) o‗simliklarning pishib yetishi uchun talab qilinadigan vegetatsiya davrini shakllantiradi. Masalan, paxta uchun birinchi ko‗rsatkich eng kamida +2000°C, ikkinchisi +4000°C bo‗lishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling