«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet137/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

146 
Odatda, yo‗llar shaharlarga olib boradi, shaharlardan tashqariga yo‗llar panjasimon 

tarqaladi; shaharlar transport tugunlariga aylanadi. N.N.Baranskiyning yo‗llar va


shaharlarni ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimi, rayon va mamlakatlar 
xo‗jaligining ―qovurg‗asi‖, o‗zagi sifatidagi ta‘rifida hech qanaqa mubolag‗a yo‗q.
Chindan ham, hududning ichki tuzilishi ―rentgen nuri‖ asosida kuzatilganda, 
bizning ko‗z o‗ngimizda, aynan, ana shu yo‗llar va shaharlar, o‗ziga xos hududiy
majmualar orqali gavdalanadi.
Transportning shaharlar aglomeratsiyasi, shahar atrofi xo‗jaligida ham
ahamiyati beqiyos. Amerikaliklarni hozirgi kunda shahar atrofi, shahar yaqinida 
yashovchi xalq, deb ta‘riflashadi. Sababi, bu yerda urbanizatsiyaning yuqori
bosqichi – suburbanizatsiya tez rivojlanmoqda.
Yo‗llar yangi o‗zlashtiriladigan hududlarga birinchi bo‗lib kirib keladigan
infratstruktura elementidir. Yo‗llar qazilma boylik konlariga boradi, ularni ishlab 
chiqarish markazlari bilan ulaydi, bog‗laydi; sanoat parklarini shakllantiradi.
Xullas, transportsiz hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim yoki majmua vujudga 
kelmaydi.
Transport to‗rining joylanishi, zichligi va shakli hudud ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot darajasining muhim ko‗rsatkichidir. Masalan, radial – aylana, to‗rsimon
shakl, odatda, rivojlangan rayonlarda kuzatiladi. Agar hududning faqat chekka 
qismlari transport bilan ta‘minlangan bo‗lsa, demak, bilingki, hududning ichki
qismini tabiiy sharoiti o‗zlashtirish uchun noqulay (Sibir, Uzoq Sharq, 
Qozog‗iston, Turkmaniston va h.k.).
Ko‗pincha yo‗lning, transport turlarining joylanishiga qarab hududning 
xo‗jalik tarkibi, mujassamlashuvi va ixtisoslashuvini aniqlash mumkin. Ba‘zan
temir va avtomobil yo‗llar, quvur transporti, elektr uzatuvchi tarmoq va kanallar 
bir-biriga parallel holda joylashadi, ikki yirik markaz orasida serqatnov ―koridor‖,
yo‗l va yo‗laklar vujudga keladi. Yo‗l bo‗yidagi aholi manzilgohlarining kichrayib 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling