«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet139/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

148 
holda portlarni (bandargohlarni) qurish nuqtai nazaridan qulay va noqulay bo‗lishi 

mumkin.
Temir yo‗l transportining tabiiy omillarga bog‗liqligi boshqalarga qaraganda 


ancha kam. Dunyoning ayrim mamlakatlarida (Boliviya, Peru) temiryo‗llar 4700-
4800 m dengiz sathidan balandlikda joylashgan. Tog‗ mintaqalarida temiryo‗llar, 
odatda, daryo bo‗ylab, ba‘zi joylarda tunellar orqali o‗tadi, murakkab sharoitda tor
izli yo‗llar quriladi.
Temir va avtomobil yo‗llar qurilishida ko‗priklar ham katta ahamiyatga ega.
Ko‗priklarni qurish esa tog‗ yoki tekislik daryolarda o‗ziga xos xususiyatga ega. 
Tog‗ daryolarida ko‗priklar uncha uzun emas, tekislikda esa ular uzun bo‗lib,
buning uchun uning tayanchi qirg‗oqning qattiq jinslaridan iborat qismiga 
qo‗yiladi. Umuman, temir yo‗llarni qurish katta vaqt va mablag‗ni talab qiladi,
ammo ular shunga muvofiq uzoq muddat xizmat qiladi. 
Tabiiy sharoit, jumladan, shamol, yog‗in-sochin, bulut, tuman avtomobil,
havo va dengiz transportiga ancha ta‘sir ko‗rsatadi. Tuproq va uning fizik 
xususiyatlari, gidrogeologik sharoit, ayniqsa, qattiq qatlamli avtomobil yo‗llarni
qurishda e‘tiborga olinadi. 
Xo‗jalik va aholi joylashuvi ham transport turi va tarkibiga ta‘sir etadi.
Jumladan, tog‗-kon, og‗ir sanoat rayonlarida temir yo‗l, qishloq xo‗jaligi 
rayonlarida avtomobil transporti, o‗rmon xo‗jaligida daryo transporti katta
ahamiyatga ega bo‗ladi. Sanoat va qishloq xo‗jaligi yaxshi rivojlangan, aholi zich 
joylashgan voha va vodiylarda, shahar atrofida, rekreatsiya rayonlarida transport
tizimi shunga mos ravishda mukammal hududiy majmua ko‗rinishida shakllanadi.
Transportning joylashuviga siyosiy geografik omil ham ta‘sir qiladi. Masalan,
sobiq SSSRning tarqalishi va yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‗lishi 
natijasida ichki chegaralar tashqi davlat chegarasiga aylandi, mamlakat ichki
qismlarini bog‗lovchi transport tizimini shakllantirish zaruriyati tug‗ildi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling