IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
151
hozirgi kunda transport, ya‘ni masofani kesib o‗tishda infrastruktura darajasiga
xizmat qiladi; yo‗llar transportsiz ham bo‗laveradi, lekin aksincha emas.
Binobarin, yo‗llarning joylanishi transport joylanishiga hamma vaqt ham mos
kelmaydi. Ayni chog‗da, aholi manzilgohlarining ichidagi yo‗llar ―ko‗cha‖ deb
ham ataladi. Transport to‗rining ahamiyati, eng avvalo, shundaki, u hududiy
majmuani tashkil qiladi, mustahkamlaydi va bog‗laydi.
Iqsodiy aloqalar geografiyasi.
Jahon xo‗jaligi va xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda rivojlangan va an‘anaviy shakl – bu tashqi (xalqaro) savdo
aloqalaridir. Hozirgi kunda xalqaro savdo ulushiga xalqaro iqtisodiy munosabatlar
hajmining beshdan bir (1/5) qismi to‗g‗ri keladi.
Har qanday davlat uchun tashqi savdo rolini baholash qiyin. J.Saksning
ta‘rificha, ―Har qanday mamlakat iqtisodiyoti tashqi savdoga asoslangan holda
yuksaladi. Jahon iqtisodiyoti tizimidan uzilib qolgan birorta mamlakat hali sog‗lom
iqtisodiyot yaratishga muvaffaq bo‗lolgani yo‗q‖.
Xalqaro savdo turli mamlakatlarda tovar ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi
xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga kelgan aloqalar shaklidir. Ularning
o‗zaro iqtisodiy bog‗liqligini aksmilliy savdo siyosati ta‘siri ostida tarkibiy
tuzilishlar – ixtisoslashish va sanoat ishlab chiqarishining kooperatsiyalashuvi,
milliy xo‗jalik hamkorlik harakatini kuchaytiradi. Xalqaro savdo, butun
davlatlararo oqimining o‗rtalikdagi harakati natijasida ishlab chiqarish tez sur‘atlar
bilan o‗sadi. Tashqi savdo oboroti tadqiqotlariga ko‗ra, dunyo ishlab
chiqarishining har 10 % o‗sishga jahon savdosi hajmining 16 % ko‗payishi to‗g‗ri
keladi. Bu bilan uning taraqqiyotiga qulay imkoniyatlar paydo bo‗ladi. Ma‘lumki,
savdoda uzilish bo‗lsa, ishlab chiqarishning rivojlanishi ham susayadi.
―Tashqi savdo‖ deyilganda, u yoki bu mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan
to‗lov orqali olib kelinadigan (import) va to‗lov orqali jo‗natiladigan (eksport)
tovarlar savdosi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |