«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet112/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

120 
natijasida). Bu holat Angliyani jahon iqtisodiyoti va siyosiy kartasida haddan 

tashqari katta o‗rin tutishiga olib keldi.


Bu

bosqichning


bosh iqtisodiy xususiyatlari xo‗jalikning yanada 
baynalmilallashuvi va xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuvidir.
Xalqaro savdoda mustamlakalar o‗rni quyidagi omillar bilan belgilanar edi: 
1. Mustamlakalar tor doiradagi qimmatbaho mahsulotlarni yetkazib berishdan
tashqari rivojlangan plantatsiya xo‗jaligi (tropik dehqonchilik) mahsulotlarini 
yetkazib bera boshladi. ―Eski dunyo‖ dan ―Yangi dunyo‖ga shakarqamish, kofe,
choy, paxta ekinlari o‗tgan bo‗lsa, aksin-cha, u yerdan makkajo‗xori, kartoshka, 
pomidor, kakao, tamaki ekinlari keltirilgan.
2. Mustamlakalar plantatsiya xo‗jaliklari uchun ishchi kuchi yetkazib berdi. 
Qul savdosi rivojlandi, bundan Afrika katta zarar ko‗rdi.
3. Mustamlakalar metropoliyalar uchun sanoat mahsulotlari sotadigan 
bozorga aylandi. Dastlabki ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish konsepsiyalari
ham yuzaga keldi. Masalan, nemis iqtisodchisi va iqtisodiy geografi I.Tyunenning 
(1783-1850) ―Qishloq xo‗jaligini joylashtirish‖ nazariyasi bevosita Germaniya
sharoitida bozor munosabatlariga xos yuqori foyda olish bilan bog‗liq dastlabki 
ilmiy qarashlardan hisoblanadi.
Ichki yonuv dvigatelining ixtiro qilinishi oqibatida transport tarmoqlarida 
yanada kuchli o‗zgarishlar ro‗y berdi. Rossiya, AQSh va Kanadada dastlabki
transkontinental temir yo‗llar qurildi. Dengiz transporti kontinentlararo ahamiyat 
kasb etdi (yelkanli kemalar bug‗ bilan yuradigan kemalar bilan almashdi). Suvaysh
va Panama kanallarining qurilishi tufayli okeanlararo yuk tashish yo‗nalishlari 
shakllandi. Transportning rivojlanishi xalqaro bozorning yanada kengayishiga olib
keldi.

XX asr boshlarida jahon mamlakatlarida ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti


ichki qarama-qarshiliklarga boyligi, iqtisodiy va siyosiy notekislik bilan 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling