IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
128
Yuqoridagi tarmoqlar orasida eng an‘anaviy, qadimiy tarixga ega bo‗lgani,
shubhasiz, yengil (to‗qimachilik) sanoatidir. U dastavval manufakturadan
boshlanib, so‗ngra yirik mashina industriyasiga o‗tdi, boshqa sanoat
tarmoqlarining rivojlanishiga turtki berdi. Albatta, oziq-ovqat, metallni qayta
ishlash sanoatlari ham ancha qadimiy. Ayni vaqtda, mashinasozlik, elektr
energetika va kimyo nisbatan ―yangi tarmoq‖ bo‗lib, ular hozirgi zamon ilmiy-
texnika taraqqiyotini aks ettiruvchi tarmoqlar jumlasiga kiradi.
Sanoat tarmoqlari og‗ir va yengil, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari va iste‘mol
mollari ishlab chiqaruvchi yirik guruhlarga (A va B) ajratiladi. Biroq bunday
ajratish shartli bo‗lib, ular orasidagi farq borgan sari qisqarib bormoqda.
So‗nggi yillarda sanoat tarmoqlari tarkibida quyidagi o‗zgarishlar sodir
bo‗lmoqda:
-
sanoat
tarmoqlarining
yanada
parchalanib
borishi,
yangi-yangi
tarmoqlarning vujudga kelishi;
- tarmoqlar orasida integratsiya jarayonlarining rivojlanishi, tarmoqlararo
majmualarning shakllanishi;
- fan-texnika yutuqlari bilan bevosita bog‗liq tarmoqlarning tezroq
rivojlanishi.
Sanoatning tarmoqlar tizimini baholashda, eng avvalo uning turlanganligini
(diversifikatsiyalashuvini)
hamda
yangi
texnologiyalarga
asoslangan
tarmoqlarining mavjudligini e‘tiborga olish kerak. Ba‘zi rayonlar faqat tog‗-kon,
xomashyo qazib olishga ixtisoslashgan, boshqalarida esa, asosan, ta‘mirlovchi
sanoat korxonalari bo‗lishi mumkin. Tabiiyki, bunday rayonlarning sanoati yaxshi
rivojlanmagan.
Sanoat tarmoqlarini hududiy tashkil etish o‗ziga xos xususiyatga ega. Ular
iqtisodiy geografik makonda yoki kartada nuqtasimon shaklga ega. Demak,
mazkur tarmoqda ishlab chiqarish va hududiy mujassamlashuv darajasi ancha
Do'stlaringiz bilan baham: |