Geografiya ta’limi vositalari r e j a
Download 314.86 Kb. Pdf ko'rish
|
GEOGRAFIYA TA’LIMI VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslub
GEOGRAFIYA TA’LIMI VOSITALARI R e j a : 1. Geografiyada ta’lim usullari 2. Ta’lim usullariga qo‘yiladigan pedagogik, didaktik talablar 3. Geografiya ta’limi usullari tasnifi Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. O‘quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli usullar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli har doim o‘qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o‘qitish va o‘qishga yordam beradigan yo‘llarni tanlash muammosi turadi. O‘quv materialini o‘rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Uslub-so‘zi grekcha metodos-so‘zidan olingan bo‘lib, aynan tadqiqot degan ma’noni anglatadi. Didaktika fani uslub terminiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani ham yaratganicha yo‘q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim jarayonidagi birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Uslub o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday ketishligini, o‘qituvchi materialni qay darajada tushuntirishi, o‘quvchi uni qanday o‘zlashtirishi kerakligi bilan belgilanadi. Uslubning alohida detallari usul deyiladi. Masalan, yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo‘lishi mumkin. Uslub va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchilarning bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim usullariga bog‘liq. Download 314.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling